Keniyada Eldoret va Nakuru shaharlarini bog‘lovchi yo‘lda yo‘lovchi mikroavtobusi sigirni urib yuborib, so‘ngra yuk mashinasiga urilishi mikroavtobusdagi 12 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. 

Mahalliy Daily Nation nashri ma'lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasidagi ikki kishi ham og‘ir jarohat olgan.

“Mikroavtobusdagi barcha 11 yo‘lovchi va haydovchi voqea joyida halok bo‘lishgan”, deb ma'lum qildi mahalliy politsiya vakili Jafet Kioko.

Yuk mashinasi haydovchisi va undagi yo‘lovchi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.