10:55 / 20.11.2017
4333
Reklama

LG nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi

Foto: LG

LG qatorasiga oltinchi marta OLED-televizorlar, zamonaviy maishiy texnika va smartfonlar uchun mukofotlandi.

Iste'mol texnologiyalari assotsiatsiyasi (ConsumerTechnologyAssociation (CTA) LGElectronics (LG) kompaniyasiga CES® 2018 Innovation Awards mukofotlarini topshirdi. Bu texnologiyalar dizayni sohasidagi inqilobiy innovatsiyalar tufayli yuz berdi hamda yanvarda taqdim etilgan OLED-televizorlar va muzlatgichlar modeli uchun berilgan mukofotlarga qo‘shimcha tarzda topshirildi.

LG'ning OLED-televizorlari, maishiy texnikasi va eng zamonaviy smartfonlari qatorasiga oltinchi yil CES InnovationAwards mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Bu sohaning CES® kabi mashhur bo‘lgan iste'mol elektronikasining har yilgi ko‘rgazmasida taqdim etilgan eng innovatsion mahsulotlarning rasman tan olinishidir. Shuningdek, LG hisob bo‘yicha 12-CES BestofInnovationsAward mukofotini 2018 yilgi ko‘rgazmada taqdim etiladigan noyob yangi mahsulot uchun oldi.

LG CES 2018 InnovationAwards mukofotlarini sakkizta raqobat yuqori bo‘lgan toifalarda qo‘lga kiritdi: videodispleylar, maishiy texnika, simsiz telefonlar, «aqlli uy», tasvirlarni raqamli ko‘rsatish, uyga mo‘ljallangan audio va videotexnika, kompyuter sohasi hamda o‘rnatiluvchi texnologiyalar.

Foto: LG 

Eng ko‘p mukofotlarni esa SmartThinQ (SM) texnologiyasiga ega LG Door-in-Door® muzlatgichi va ideal qora rangdagi, chegarasiz kontrastli, kengaytirilgan rang gammasi hamda keng ko‘rish burchagiga ega OLED-televizori oldi. Innovatsiyalar uchun mukofot olgan boshqa tovarlar orasida – yangi kir yuvish va quritish mashinasi, yaxshilangan videoproyektor, 4K UHD smart-televizor hamda CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etiladigan boshqa ko‘plab mahsulotlar bor.

2018 CESInnovationAwards mukofoti

CTA tomonidan Amerika sanoat dizaynerlari assotsiatsiyasi ko‘magida homiylik qilinuvchi CES Innovation Awards mukofoti dizayn va muhandislik yechimlari sohasidagi yutuqlarga beriladi. Mukofotlar har yili nufuzli dizaynerlar, muhandislar va jurnalistlar guruhi tomonidan topshiriladi, ular texnikani turli mezonlar asosida baholaydi. Xususan, mezonlar orasida ularning iste'mol qimmati, go‘zalligi, innovatsion dizayn, sifat va hayot tarzini yaxshilashga qo‘shgan hissasi bor.

Foto: LG 

2018 CES Innovation Awards’ning LG kompaniyasi tomonidan olingan barcha mukofotlari ro‘yxati, jumladan yana bir BestofInnovationsAward mukofoti LG’ning CES’ga bag‘ishlangan, 8 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da AQShning Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e'lon qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Top