2017 yil 20 noyabrdan 4 kun mobaynida Özbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan belgilangan 9 ta örta maxsus bilim yurti va 2 ta oliy ta'lim maskanida «Qur'oni karim va tajvid» hamda «Arab tili» fanlari böyiça pulli öquv kurslari uçun hujjatlarni qabul qiliş boşlanişi kerak edi. Ammo, öquvçilarimiz tomonidan kelgan ma'lumotlarda hujjatlar qabul qilinmayotgani, ayrim örta maxsus bilim yurtlari vakillari, bunday kurslardan xabarlari yöqligini aytişgani, boşqalari Musulmonlar idorasi qarori va öquv kursini taşkil etiş töğrisidagi Nizom* hali kelmaganini aytişgan. 

KUN.UZ muxbiri şu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Kökaldoş madrasasiga qönğiroq qildi. Madrasa vakili öquv kursini taşkil etiş böyiça Nizom kelmagani, uşbu hujjat bölmasa, qabul jarayoni qanday bölişi noma'lum qolişi sababli fuqarolardan hujjatlarni qabul qila olmasliklarini, qolaversa, «Qur'oni karim va tajvid» hamda «Arab tili» fanlari böyiça pulli öquv kurslari taşkil etiş töğrisidagi qaror matni ayti vaqtda Muslim.uz saytidan ham olib taşlanganini ta'kidladi. 

KUN.UZ masalaga izoh sörab Özbekiston Musulmonlar idorasi bilan boğlandi. Idoraning Ta'lim va kadrlar tayyorlaş bölimi mudiri Jamoliddin Nuriddinovga köra, mazkur öquv kurslari böyiça Nizom hali tayyor bölmagani sababli hujjatlarni qabul qiliş vaqtinça amalga oşirilmayapti. Nuriddinovning aytişiça, Nizom tayyor bölib, idoraning rasmiy saytida xabar çiqmagunça heç qanday izoh va şarh berişning hojati yöq. Qolaversa, uning da'vo qilişiça, Qur'on kurslari haqidagi qaror haqida KUN.UZ jar solmaganida odamlar bugungidek sarson bölmas ekan. “Şuning uçun ham, bugungi tuşunmovçilikka izoh beriş, biror narsa yoziş kerak emas. 1-2 kunda saytda rasmiy xabar çiqadi”, - dedi Nuriddinov.

Ma'lumki, KUN.UZ tahririyati Özbekiston Musulmonlari idorasining mazkur qarori yuzasidan bir neça xabar bergan edi. Bu xabarlar şunçaki töqib çiqarilgan emas, balki sörab-suriştirilgandan keyin, rasmiy Idora vakillari bilan boğlanilganidan söng, e'lon qilingandi. 

Özbekiston ma'had va madrasalarida Qur'oni Karim kurslari oçiş böyiça qaror qabul qilindi

«Qur'oni karim va tajvid» hamda «Arab tili» darslari qayerlarda öqitiladi?

Şu örinda aytiş joizki, özbek xalqi heç narsani anglamaydigan xalq emaski, unga biror muammo, yoki vaqt yetmaganligi tufayli amalga oşişi keçikayotgan iş yuzasidan tuşuntiriş berilsa, tuşunmaydigan. Aksinça, har bir narsani yaxşilikka, xayrga yöyadigan xalqki, Nizom işlab çiqilişi va uning qabul qilinişi biroz keçikmoqda, deya izoh berilsa, olam guliston, sarson bölib, tong sahar kelganlar ham şunça kunning biri, Nizom ham bir-ikki kunda qabul qilinib qoladi, degan umid bilan qaytadi.