Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York metrosi poyezdidagi kalamush yo‘lovchilarni sarosimaga soldi
Nyu-York metrosi poyezdida paydo bo‘lgan kalamush yo‘lovchilar orasida sarosima ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ushbu holat videosi YouTube’da chop etildi.
Videoda kemiruvchi paydo bo‘lganidan qo‘rqib ketgan ba'zi yo‘lovchilar chinqirgancha o‘rindiqlar ustiga chiqib olishganini ko‘rish mumkin. Video muallifining ta'kidlashicha, kalamush ham odamlarning chinqirishidan qo‘rqib, vagonning u yerdan-bu yerga o‘zini ura boshlagan.
Ushbu holat keyingi stansiyagacha davom etgan. Bu yerda kalamush ochiq eshiklar orqali “g‘oyib bo‘lishga” muvaffaq bo‘lgan. “Kalamush bilan ketish quvnoq bo‘ldi”, deb izoh qoldirgan video muallifi.
Mavzuga oid
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
23:31 / 18.03.2026