Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi «Uzun paxta tozalaş zavodi» AJ xodimlari joriy yilda paxta yiğim terimida iştirok etiş uçun Jizzax viloyatiga olib kelingan. Bu haqda «Kun.uz»ning işonçli manbasi ma'lum qildi.
Korxonaning 11 nafar xodimi paxta yiğim terimida iştirok etmagani, ya'ni Jizzax viloyatiga bormagani sababli korxona içki mehnat intizomi qoidalarini qöpol ravişda buzişda ayblanib, şu yilning 13 oktabrida iş beruvçining taşabbusi bilan bir tomonlama işdan böşatilgan (mehnat şartnomasi bekor qilingan).
Ma'lum bölişiça, xodimlar kasaba uyuşmalariga şikoyat yöllagan. Mazkur şikoyat joyida örganilgan va xodimlarning işdan çetlaştirilişi bilan boğliq jarayon ğayriqonuniy ravişda rasmiylaştirilgani aniqlangan. Şundan söng, kasaba uyuşmalari kiritgan xat asosida «Uzun paxta tozalaş zavodi» AJ direktori öz buyruğiga köra barça xodimlarni oradan roppa-rosa 1 oy vaqt ötib, avvalgi iş joylariga tiklangan.
Xodimlarga böş yurgan vaqtlari uçun ularning örtaça oylik iş haqi miqdorida kompensatsiya tölab berilgan.
Şuni ta'kidlaş lozimki, paxta yiğim terimida iştirok etiş barça uçun ixtiyoriy bölib, amaldagi qonun hujjatlariga köra biror bir korxona xodimi paxta yiğim terimida iştirok etmasa, unga nisbatan şu korxonaning içki mehnat intizomini buzganlik vaji bilan jazo qöllanilişi mumkin emas.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Xalqaro Mehnat Taşkilotining Konventsiyalari talablariga köra, Özbekiston Respublikasida majburiy mehnat taqiqlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir şaklda ma'muriy tarzda majburlov ma'muriy javobgarlikka tortiş uçun asos böladi. Ya'ni MJtKning 51-moddasiga köra (Mehnatga ma'muriy tarzda majburlov) mehnatga biron bir şaklda ma'muriy tarzda majburlov (qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda) - eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
















