Özbekistonlik FIFA referisi Ravşan Ermatov JÇ-2018 öyinlarini boşqarişi mumkin bölgan hakamlar röyxatidan örin egalladi. Tsyurixda FIFA hakamlar qömitasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi va unda JÇ-2018 musobaqasida işlaşi mumkin bölgan 25 nafar referilar saralab olindi.

Agar Ermatov JÇ-2018 öyinlarida ham işlasa, navbatdagi rekordni yangilaşi mumkin böladi. Hozirgaça aynan u mundiallarda eng köp uçraşuvni (9 uçraşuv) boşqargan hakam bölib turibdi. Uning har bir öyinni boşqarişi rekordning yangilanişiga sabab böladi.

FIFA tomonidan e'lon qilingan 25 nafar hakamlarning 9 nafar Yevropa vakili bölsa, beş nafari – Janubiy Amerika, tört nafari – Osiyo, uç nafari – KONKAKAF va yana bir nafar Okeaniya referilari sanalişadi. 

Hozirça bu JÇ-2018da işlaydigan hakamlarning sönggi röyxati sanalmaydi. Qöşimça testlardan ötilgaç va turli xil jarohat yoki şunga öxşaş holatlarni çetlab ötgan hakamlar mundialda iştirok etadi. Yakuniy röyxat 2018 yilning yanvarida e'lon qilinadi.

Hakamlar röyxati:

Yevropa: Junayt Çaqir (Turkiya), Byorn Kuypers (Niderlandiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya), Yonas Eriksson (Şvetsiya), Antonio Mateo Laos (Ispaniya), Şimon Marçinyak (Polşa), Feliks Brix (Germaniya), Milorad Majiç (Serbiya). 
Osiyo: Ravşan Ermatov (Özbekiston), Alirizo Fağoniy (Eron), Navaf Şukralla (Bahrayn), Ruyuzi Sato (Yaponiya). 
Afrika: Bakari Gassama (Gambiya), Janni Sikazve (Zambiya), Gehad Grişa (Misr). 
Markaziy va Şimoliy Amerika: Mark Geyger (AQŞ), Xoel Agilyar (Salvador), Sesar Ramos (Meksika). 
Janubiy Amerika: Sandro Riççi (Braziliya), Nestor Pitana (Argentina), Vilmar Roldan (Kolumbiya), Enrike Kaseres (Paragvay), Julio Baskunyan (Çili). 
Okeaniya: Mett Konger (Yangi Zelandiya).