Tojikistonlik xonandalar törtligi mamlakat prezidenti Imomali Rahmonga bağişlangan «Peşvoi millat» («Millat yetakçisi») qöşiğini ijro etdi. Qöşiqda aynan prezident tufayli barça fuqarolar tinç yaşayotgani, aynan u fuqarolik uruşiga yakun yasagani haqida kuylanadi.

Qöşiqdagi sözlar şoir Nihoniy qalamiga mansub, bu mamlakat içki işlar vaziri Ramazon Rahimzoda Hamroning taxallusi sanaladi.

Yaqinda esa içki işlar vazirining bir neçta şe'ri «Mustaqillik haqidagi şe'rlar» tanlovida taqdim etildi. U oldinga faqat professional şoirlarni ötkazib yuborgan holda uçinçi örinni egalladi.