Tojikistonning televideniye va radiouzatiş böyiça qömitasi barça davlat hamda xususiy radiokompaniyalarni mamlakat prezidenti Imomali Rahmonning asarlarini öqişga majbur qilib qöydi.

Hukumatning fikriça, bu taşabbus har bir fuqaroda özligini anglaşga yordam beradi va vatanparvarlik tuyğusini oşiradi.

«Toçikiston» davlat radiosi direktori Farrux Ziyoyevning aytişiça, davlat rahbarining kitoblarini öqişga teatr artistlari va maxsus suxandonlar jalb etiladi. Uning sözlariga köra, hozirning özida ikkita kitob yozib bölingan. «Bu qarorga qadar biz prezidentning ikkita kitobini yozdik va ularni radioefirga uzatdik», - deya aytib ötdi u.

Tojikistonlik jurnalist Marat Mamadşoyevning fikriça, bunday öqişlar SSSR davri merosini eslatadi, ular insonlarni reallikdan uzoqlaştiradi. Uning sözlariga köra, ehtimol, Sobiq ittifoq vaqtida bunday efirlar öz mevasini bergandir, sababi odamlarda muqobil variantlar bölmagan.