Yamanda 2,5 mln dan ko‘proq kishi toza suv manbalaridan mahrum bo‘ldi
Yaman poytaxti Sano va shu nomdagi viloyatning markazi Al-Bayda shaharlari mamlakatda toza suv bo‘lmagan aholi punktlari qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda 20 noyabrda Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi vakili Iolanda Jakme ma'lum qildi.
“Bugun Sano va Al-Bayda toza suv bo‘lmagan aholi punktlari ro‘yxatiga qo‘shildilar”, deb aytgan Jakme. Aholiga toza suv yetkazib beruvchi suv quvurlari nasos stansiyalari uchun Saudiya Arabistoni Yamanni qamal qilgani oqibatida yoqilg‘i yo‘qligi sababli to‘xtab qolgan.
Yamanning yirik shaharlarida 2,5 mln dan ko‘proq odam toza suvdan mahrum bo‘lgan. 17 noyabrda Yamanning uch shahri – Saad, Taiz va Xudoydo aholisi toza suvdan mahrum bo‘lganlari ma'lum qilingandi.
Yirik shaharlarda suv quvurlari va kanalizatsiyaning ishlamasligi vabo va dizenteriya kabi kasalliklar tarqalishi xavfini vujudga keltiradi. Yamanda hozirda vaboga chalinganlikda gumon qilinayotganlar soni 925 ming kishiga yetgan, bu kasallikdan vafot etganlar soni 2,2 ming kishidan oshib ketgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
-
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
Jahon | 16:11
-
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

03:29 / 04.04.2025
Pentagonda husiylarga hujum Signal chatida muhokama qilingani yuzasidan tergov boshlandi

10:07 / 26.03.2025
Yaman bo‘yicha chatdagi sizib chiqishdan keyin AQShda yangi jinoiy modda joriy etiladi

11:29 / 25.03.2025
«Oq uy meni o‘z harbiy rejalari bilan tanishtirdi». Jurnalistni tasodifan maxfiy harbiy chatga qo‘shib qo‘yishdi

21:20 / 16.03.2025