Tojikiston-Özbekiston munosabatlarining normallaşuvi va xorijiy investitsiyalarning jalb etilişi Tojikiston hukumatiga Roğun GES qurilişini oxiriga yetkaziş imkonini beradi, deb hisoblaşmoqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) tahlilçilari.

"Tojikiston hukumatining Roğun GES qurilişini yakunlaş böyiça rejalari qöşimça turtkilarni oldi. Tojikiston-Özbekiston munosabatlarining normallaşuvi hamda xalqaro kapital bozorida 500 million dollarlik mablağlar jalb etilişi italiyalik pudratçiga nafaqat jadvaldagi farqni yöqqa çiqariş, balki Roğun GESning birinçi navbatini 2018 yil oxirida yakunlaş imkonini beradi", - deyiladi YeOTB boş iqtisodçisi Guruhining makroiqtisodiy tahlilida.

Tahlil mualliflari fikriga köra, “Tojikiston hukumati tomonidan joriy yilning sentabr oyida xalqaro bozorda yevrobondlarning joylaştirilişi Roğun GESni moliyalaştiriş uçun mablağlar jalb etiş maqsadida amalga oşirildi. Bu yaqin istiqbolda investitsiyaviy ösişni tiklaş jarayonini qöllab-quvvatlaşi mumkin”.

Eslatib ötamiz, Tojikiston ötgan yilning oktabr oyida balandligi 335 metr va qiymati 1,95 milliard dollar bölgan töğonni quriş böyiça işlarni boşladi. Butun GES qurilişining qiymati esa – 3,9 mlrd. dollarga teng.