BMT Boş Assambleyasida 116ta a'zo davlat «bir davlatning ikkinçisiga nisbatan bir tomonlama iqtisodiy çoralarni qöllaş mumkin emas»ligini yoqlab çiqdi. Qirğiziston delegatsiyasi uşbu rezolyutsiya Qozoğiston bilan çegaradagi vaziyatni yumşatişiga umidvor bölmoqda.

Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilişiça, BMT Boş Assambleyasi Ikkinçi qömita öz işçi kunida iqtisodiy, ekologik va moliyaviy masalalarga oid bir neçta rezolyutsiyalar töplamini körib çiqdi.

BMTdagi Qirğiziston Respublikasi vakili Mirgul Moldoisayevaning aytişiça, Qozoğiston joriy yilning 10 oktabr kunidan boşlab çegarada sun'iy tirbandlikni hosil qilib, mahalliy iqtisodiyotga ziyon keltirmoqda.

«Davlatlar tomonidan siyosiy va iqtisodiy majburiyat yuzasidan bir tomonlama iqtisodiy çoralarni köriş rivojlanayotgan davlatlar uçun maqbul harakat emas», deydi vakil.

Rezolyutsiyani qabul qilişga AQŞ va Isroil vakillari qarşi çiqib, 49ta davlat betaraf qolgan.