Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Soçida ma'lum qilişiça, Suriyadagi harbiy amaliyot yakunlanib qolgan. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

«Terrorizm ustidan töla ğalabagaça, albatta, hali juda uzoq. Biroq bizning Suriya hududida terrorçilarga qarşi birgalikdagi işimizga keladigan bölsak, harbiy amaliyot haqiqatdan ham tugamoqda», - deya ma'lum qildi Putin Başar Asad bilan uçraşuvda.

Şuningdek, uning Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi va Mudofaa vazirligi rahbariyati tarkibi bilan uçraşuvda ta'kidlaşiça, «yakuniy nuqta» yaqin vaqt içida qöyiladi.

«Suriyadagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun köp iş qilindi. Umid qilamanki, biz yaqin vaqt içida Suriyada terrorizm bilan kuraşga nuqta qöyamiz. Biroq, şu ham aniqki, uning öçoğlari hali paydo böladi», - deya ma'lum qildi Putin.

Eslatib ötamiz, avvalroq RF prezidenti Vladimir Putin Soçida Suriya yetakçisi Başar Asad bilan uçraşgani xabar berilgandi.