Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi irqchilikdan ko‘proq kimlar aziyat chekishlari ma'lum qilindi
Shveytsariyaning irqchilikka qarshi kurash xizmatining 2016 yil uchun hisobotida ko‘rsatilishicha, Shveytsariya shahar aholisining 14 foizi musulmonlarga nisbatan salbiy munosabatdalar.
Hisobotga Shveytsariya ichki ishlar vaziri Alen Berse yozgan so‘z boshda aytilishicha, Shveytsariya ko‘p millatli mamlakat ekanligiga qaramasdan, irqchilikdan birinchi navbatda musulmonlar, qora tanlilar va boshpanasizlar aziyat chekadilar.
Hisobot mualliflari irqchilikning ta'lim, turmush darajasi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy huquqlar, fuqarolikni olish tartibi, siyosiy hayot va millatchilikka xos qarashlarning shakllanishiga ta'sirini batafsil o‘rganib chiqdilar. Bundan tashqari, islomofobiya, qora tanlilarga salbiy munosabat, antisemitizm holatlari alohida ko‘rib chiqilgan.
Hisobotda o‘tgan yili Shveytsariya federal statistika boshqarmasi tomondan o‘zaro birgalikda yashay olish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham keltirilgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning aksariyat qismi irqchilikni Shveytsariyaning katta muammosi deb hisoblaydilar.
So‘ralganlardan chorak qismining fikricha, boshqa millatga mansub odamlar ularga ishlarida noqulaylik tug‘diradi. Har beshinchi so‘ralganning fikricha, ular bunday odamlarni qo‘shnilari sifatida ko‘rishni istamaydilar. Shuningdek, ularning aytishicha, ular oxirgi 5 yil ichida ishlarida yoki ish qidirayotganlarida kamida bir marta irqchilik holatiga duch kelganlar.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 18 foiz shveysariyaliklar xorijliklarda potensial xavfni ko‘rishadi. 95 foiz so‘ralganlar afrikaliklarga salbiy qaramasliklarini, 96 foizi esa yahudiylar tomondan tahdid mavjudligini ko‘rmasliklarini aytganlar. 91 foiz so‘ralganlar musulmonlarga yaxshi munosabatda ekanliklarini aytganlar.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026