Ilk marta Guliston şahrida sinovdan ötkazilgan avtobuslarga tölovlarni avtomatlaştiriş loyihasi poytaxt Toşkentda ham joriy etildi.
«Sönggi paytlarda mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan işlar nafaqat yurtimiz, balki jahon hamjamiyati tomonidan ham keng muhokama qilinmoqda. Dunyoning yirik şaharlarida aholiga qulaylik yaratiş maqsadida birin-ketin şahar transport tarmoğida zamonaviy vositalar va xizmatlar joriy etilmoqda. Bularning içida tölovlarni avtomatlaştiriş masalasi özining muhim va takrorlanmas ahamiyatiga ega.
Köp yillik sinovlar, bir neça marotaba amalga oşirilgan pilot loyihalar, OAV hamda jamoatçilikning takroriy tanqidlari natijasi ölaroq, Toşkent şahar yölovçi taşiş avtobuslarida ham qulay tölov tizimi joriy etilişi boşlandi», deya «Kun.uz»ga ma'lum qildi loyiha muallifi.



Mazkur işlar metroga haq tölaş va kirişning avtomatlaştirilgan kompleksini joriy etiş loyihasining mantiqiy davomi bölib, ulardan yagona tölov kartalari yordamida foydalaniladi. Tölov tizimi Toşkentning Mustaqillik maydoni metro bekatida joriy etilib, 2 oydan ortiq muddatda sinovdan ötkazildi. Joriy etilgan innovatsion yeçim va yaratilgan qulayliklar yölovçilar tomonidan iliq kutib olindi va mutaxassislarning yuqori bahosiga sazovor böldi.



Tölov kartalari uçun hozirgi kunda jahonda ommalaşib borayotgan NFC texnologiyasi tanlangan bölib, u özining qulayligi, xavfsizligi va tezkorligi bilan tölov va obektlarga kiriş yeçimlarida keng qöllanilmoqda.Şuningdek, mazkur tizimda smartfon yordamida ham tölovlarni amalga oşiriş imkoni yaratilgan.
















