Sirdaryo aholisining soni böyiça eng ixçam viloyat bölişiga qaramay, mazkur hudud özining islohotlar va yangiliklarga moyilligi bilan ajralib turadi. Bunday ijobiy özgarişlardan söngisini Guliston şahar transport tarmoğida aholiga yaratilgan innovatsion qulaylikda köriş mumkin.

Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda “Mikroelektronika Plyus” MÇJ hamkorlikda amalga oşirilayotgan mazkur loyiha yurtimiz Mustaqqilligining 26 yilligi bayrami arafasida Guliston şahri aholisiga bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi va ular tomonidan juda iliq kutib olindi.

“Mikroelektronika Plyus” MÇJ yölovçi transport, xususan temir yöl sohasida avtomatlaştirilgan tizimlarni loyihalaştiriş va amaliyotga joriy etiş böyiça 8 yildan ortiq tajribaga va ijobiy natijaga ega mahalliy korxona. Elektron qurilmalarni loyihalaş, işlab çiqariş va modernizatsiya qilişda xalqaro ISO 9001:2008 sertifikati asosida iş yuritib kelmoqda.

Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yurtimiz yölovçilariga qulay şaroit yaratiş yönalişidagi rejasi hamda taşabbuskor korxona tomonidan rivojlangan davlatlarning mazkur yönalişdagi ilğor tajriba örganilgani, Guliston şahrida qisqa muddatlarda avtobuslarda tölovlarni avtomatlaştiriş sinov loyihasini amalga joriy etilişiga sabab böldi.

Mazkur loyiha doirasida Guliston şahridagi ikkinçi, törtinçi va beşinçi mavzelarga qatnovçi ISUZU rusumidagi 10ta avtobuslar maxsus qurilmalar (validator) bilan jihozlandi. Natija esa ham ajoyib, ham juda qulay.

Foto: Kun.uz

Aholiga yaratilgan qulaylikni eng avvalida yölkira xaqini naqd pulsiz tölaşni ta'kidlab ötiş joizdir. Endilikda transport tölov kartasini sotib oliş va uni keyinçalik töldirib boriş bank plastik kartasi orqali, şuningdek elektron tölov tizimlari orqali amalga oşiriş mumkin. Bu esa öz örnida qaytim berişdagi muammolarni yeçadi va tölov jarayonini bir neça barobarga qisqartiradi.

Misol tariqasida, PayNET şoxobçasiga borgan holda yoki telefon orqali Woy-Wo tizimiga ulangan holda transport kartasi hisobini töldiriş mumkin. Bosqiçma-bosqiç esa barça tölov tizimlari orqali hisobni töldiriş imkoni yaratiladi.

Haydovçilar ham bunday yangilik kirib kelişidan juda xursand böldilar. Çunki bunga yetarli sabab va asos bor. Bundan söng yölovçilar tirband paytlarda yölkira haqini qabul qilib olişi juda osonlaşadi va qaytim bilan ham muammolar yuzaga kelmaydi. Haydovçining asosiy e'tibori yölga qaratilişi esa barçaning xavfsizligini ta'minlaşga xizmat qiladi.