20 noyabr kunining ikkinçi yarmida Toşkent şahridan çiqişdagi barça postlarda, şaharga kiriş va şahardan çiqiş yönalişlaridagi postlarda («Eşonguzar», «Erkin», «Keles», «Bardanköl») tekşiruv kuçaytirildi, kunning ma'lum vaqtida postlar yopib qöyildi. 

Erkin» postidagi kunduzgi vaziyat.
Foto: Telegram / «Voditeli Taşkenta»

«Kun» muxbirining ma'lum qilişiça, soat 19:00 atrofida Toşkentdan Yangiyölga qatnovçi marşrutkalar qatnovni töxtatgan, odatda bu yönalişda qatnov keçqurungi soat 21:00 gaça, - Isuzu (297, 300), Gazel, Istana (224, 300) rusumli avtomobillar vositasida amalga oşirilardi. 

Natijada bekatlarda önlab kişilar töplanib qolgan, yölovçilarni yöl-yölakay taşuvçi taksilar narxlarni ikki barobar (3000 sömdan 6000 sömga) oşirgan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

«Eşonguzar» va «Erkin» postlarida şahardan çiqiş yönalişida katta tirbandliklar yuzaga kelgan - 700-800 metrgaça. Postlarda barça çiroqlar yoqilgan, har bir avtomobilning har bir yölovçisi sinçiklab tekşirilmoqda.

Erkin» postidagi keçqurungi vaziyat.
Foto: Telegram / «Voditeli Taşkenta»

Bunga bugun 20 noyabr kuni Olmazor tumanidagi ruhiy kasalliklar şifoxonasidan qoçib ketgan muqaddam sudlangan uç bemorning uçinçisini qidiriş işlari sabab bölgani taxmin qilinmoqda. Şu bilan birga, bu borada rasmiy izoh berilmagani uçun holatning boşqa sabablari bölişi mumkinligi ham istisno etilmaydi.