Özbekistondagi eng yirik sanoat markazlaridan birida «Ohangaron yaşil şahar» loyihasini röyobga çiqarişga tayyorgarlik körilmoqda. Gap uy-joy sektorida yangi yuqori samarador ekologik toza texnologiyalarni joriy etiş haqida bormoqda, deb yozadi Norma.uz.
«Ohangaron yaşil şahar» loyihasi Xitoyning «JONTIAGroup» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasini yaxşilaşga qaratilgan yirik rejadir.
Xabarda aytilişiça, şahar hokimligi uşbu loyiha taşabbuskori böldi. Ularning oldida ayni paytda isitiş tizimini tezkor tarzda modernizatsiya qiliş masalasi turibdi. Bugungi kunda mavjud tizim eskirgani bois aholi gazdan foydalanib, xonadonlari va uylarini gaz plitalari va boşqa isitiş asboblari yordamida isitmoqda. Bunda yarim asrdan ziyod vaqt oldin qurilgan mavjud markazlaştirilgan isitiş qozonlarini modernizatsiya qiliş samarasiz deb topildi.
«JONTIAGroup» ekspertlari mavjud muammolarni şaharda issiqlik va elektr energiyasi işlab çiqaradigan beşta yuqori samarador stansiyalar quriş yöli bilan samarali hal etişni taklif qilişdi. Ularni işga tuşiriş gaz iste'molini 3-4 baravar qisqartiriş imkonini beradi. Buning ustiga, aholi punkti tomonidan işlatiladigan elektr energiyasining 80 foizi uning atrofida işlab çiqariladi, bu esa taşqi manbalarga boğliqlikni jiddiy kamaytiradi.
Şunisi muhimki, masalaning yeçimi atmosferaga uglekislotali gaz çiqarilişini bir neça baravar qisqartiradi va şu tariqa şaharda ekologik holatni yaxşilaydi. Atrof muhitning saqlanişiga kömak beradigan bu texnologiyalar «yaşil» texnologiyalar sirasiga kiradi.
Hozirgi kunda xitoylik mutaxassislar loyihaning texnik asosini tayyorlaşmoqda.
Loyihani ikki bosqiçda röyobga çiqariş rejalaştirilmoqda. Dastlabki ikkita qurilmani 2018 yilda, yana uçtasini 2019 yilda quriş belgilanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra loyiha 87,45 mln dollar miqdorida baholanmoqda.
Loyiha muvaffaqiyatli röyobga çiqarilgan taqdirda Ohangarondan boşqa şaharlarda ham zamonaviy texnologiyalarni joriy qilişda namuna bölişi bölişi mumkin.
















