2017 yil boşidan buyon bitkoinning narxi 960 dollardan 8000 dollargaça kötarildi va öz-özidan, unga ega köpçilik yaxşigina pul işlab oldi. Garçi bitkoinlarni saqlaşda anonimlik ta'minlansa-da, ulardan ba'zilarini taniymiz, ba'zilari esa özlari hikoya qilib berişadi. Insider.Pro bitkoinda katta kapital yiqqanlarning röyxatini e'lon qildi.
Egizak Uinklvosslar

Ehtimol siz Tayler va Kemeron Uinklvosslar haqida eşitgan çiqarsiz — ular Facebook’da uluşga ega ekanliklarini da'vo qilib çiqişgan va «Ijtimoiy tarmoq» filmida ham ança kulgili alfozda tasvirlanişgan.
Garçi ularning bitkoin-ETF kriptovalyutasini röyxatga olişga rad javobi berilgan bölsa-da, 2013 yilda bitkoinga 11 mln. dollar tikib (öşanda ular muomalada bölgan kriptovalyutaning 1 foizini xarid qilişgan), hozirda boyliklari 21 barobarga ösgan va endi 231 million dollarga teng.
Barri Silbert, kriptovalyutalar qiroli

Vençur kapitalist va Digital Currency Group asosçisi Silbert bitkoinda ulkan salohiyatni juda erta ilğaganlardan biri. Aytilişiça, u 48 mingta bitkoinni 2014 yilda AQŞ marşallar xizmati ötkazgan auksionda xarid qiladi (bungaça hukumat har qanday narkotikni xarid qiliş mumkin bölgan maxfiy onlayn-bozor Silk Road’ning katta miqdordagi pullarini olib qöygan edi). Öşanda ilk kriptovalyutalarning bir donasi 350 dollardan xarid qilingan bölib, ötgan vaqt mobaynida Silbertning uluşi 16 martaga — 16,8 million dollardan 268,8 milliongaça oşgan.
Tim Dreyper, milliarder va vençur kapitalist




















