Bryus Li nafaqat jangovar san'atlarning eng buyuk ustalaridan, balki aqlli, dono inson ham bölgan. U tomonidan özining uslubi - Jit Kun Do uçun işlab çiqilgan asosiy prinsiplarni oddiy hayotda ham qöllaş mumkin. Biz esa maşhur jangçining hayot maktabidagi yaxşi dars bölişi mumkin bölgan ögitlari haqida töxtalib ötamiz.
Çegaralardan çiqiş

«Agarda siz jismoniy iş bilan şuğullangan holda, narsalarning asl mohiyatini tuşunişga çeklov qöysangiz, unda heç qaçon kattaroq yutuqqa erişa olmaysiz». Albatta, buyuk jangçi bu gapni biznes-treninglar emas, balki maşğulotlarga kelgan öz öquvçilariga aytgan. Ammo, u faol insonning iş holatini yaxşi körsatib berişi mumkin: öziga çegara qöyiş kabi ğoyadan ahmoqroq narsa yöq.
Köplar xavfsiz tuyuladigan suv ortida tahdidlarni körib şu işni qiladi. Bu aylanib turuvçi jarayonda heç qaçon rivojlaniş bölmaydi – faqat doimiy, sekin, biroq ortga qaytarib bölmas tanazzul, u oldinga istalgan harakat uçun falokatli.
Erişib bölmas maqsad

Bryus Liga köra, maqsad – bu inson erişişi mumkin bölgan yakuniy nuqta emas. Köp holatlarda, bu harakatlaniş jarayonining özi. Yöl, yönaliş maqsadning özi. Köp odamlar bu prinsipni tuşunmay, uzoq vaqt davomida yaratib kelingan imperiyalarni, qandaydir öylab topilgan nuqtaga yetib buzib taşlaydilar.
Siz hattoki butun sayyorani egallab olgan bölsangiz ham, oldinga qarab harakatlaning. Koinot çeksiz.
Ta'lim

«Faqat işlaydigan narsalardan foydalaning. Ustalardan örganing». Yangi narsani qabul qilişga oçiqlik – nafaqat sportdagi muvaffaqiyatlar, balki hayotdagi ham poydevor toşdir. Sizga öz işingizda hamma narsani bilib bölganingiz tuyulişi bilan – keyingi öqituvçini izlaşni boşlang. Hayot özini özi doimiy ravişda takomillaştirib bormasa, juda qattiq hamda siz baribir aqlliroq raqibga duç kelasiz.




















