Maşhur aktyor Bryus Lining qizi, aktrisa Şennon Li Variety jurnaliga bergan intervyusida rejissyor Kventin Tarantinoni tanqid qildi.
U rejissyorning Bryus Li "juda takabbur" bölganligi haqidagi sözlaridan ğazablangan.
"Jimgina turganida yaxşi bölardi. Yoki keçirim sörab, "Bryus Li aslida qanday bölganligini bilmayman. Bu sözlarni şunçaki öz filmim uçun yozgandim. Ammo u aslida takabbur bölgan deb öylamanglar", degani yaxşi edi", dedi Şennon Li.
Avvalroq Şennon Li Tarantinoning "Bir kuni Hollivudda" filmida Bryus Li rolini ijro etgan aktyor Maykl Moning iste'dodiga yuqori baho bergan, ammo rejissyorning Bryus Lini "karikatura"ga aylantirib qöyganidan norozi bölgandi.
Ssenariyga köra, Bred Pitt öynagan qahramon, kaskadyor Kliff But Bryus Lini jangda yengadi va uni suratga oliş guruhi oldida şarmanda qiladi.
Moning aytişiça, uning qahramoni rejissyor xohlagani uçun kaltak yeydi.

















