Afsonaviy aktyor Bryus Lining qizi Şennon Li otasi qiyofasidan noqonuniy foydalangan Xitoyning Real Kungfu fastfud tarmoğini sudga berdi.

Şennon Li Bruce Lee Enterprises nomidan tarmoqqa egalik qiluvçi Guangzhou Real Kungfu Catering Management Co. kompaniyasidan zararni va yuridik sarf-xarajatlarni (12,6 ming dollar) qoplaşni talab qilmoqda. Marhum aktyorning qizi yetkazilgan zararni 210 mln yuanga (30 mln dollar) baholagan.

Bloomberg axborot agentligining xabar berişiça, uşbu hodisa intellektual mulk huquqlarini himoyalaşni kuçaytirişga va'da bergan Xitoy hukumati uçun öziga xos sinov bölişi mumkin.

“Sinxua” axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Şanxay sudi Şennon Lidan fastfud tarmoğiga va yana ikkita kompaniyaga qarşi da'vo arizasini dekabr boşida olgan. Aktyorning qizi tarmoqdan otasi qiyofasidan foydalanişni darhol töxtatişni talab qilmoqda.

Real Kungfu logotipida Bryus Lining maşhur qahramonlaridan biriga öxşaş sariq sport kiyimida bölgan, kung fu ustasi holatida turgan erkak tasvirlangan. Öz navbatida kompaniya Weibo ijtimoiy tarmoğidagi akkauntida uşbu tasvir bilan boğliq holda unga da'vo arizalari 2004 yildan beri berib kelinişini yozgan.