Toyota kompaniyasi T-HR3 uçinçi avloddagi insonga öxşaş robotini taqdim etdi. Gumanoid Partner Robot Division kompaniyasi bölinmasi tomonidan işlab çiqildi. Robotga masofadan harakat qilişning yangi tizimi asos qilib olingan, u T-HR3'ga foydalanuvçilar xatti-harakatini öxşatiş imkonini beradi.

Robot Master Maneuvering System tizimi yordamida boşqariladi. U öz içiga asosiy displey (HTC Vive virtual reallik şlemi), «ma'lumotlar qölqopi» va aylanuvçi palla uzatmalarini qamrab oladi. Bular operatorga robotni «tezkorlik bilan boşqariş», xatti-harakatlar va imo-işoralarni aniq öxşatiş imkonini yaratadi. T-HR3’ga joylaştirilgan tösiqlarni bartaraf etiş texnologiyasi avtomatlaştirilgan holda işlaydi va robotni himoya qilib turadi.

74 kilogramm keluvçi robot avvaliga sinov platformasi sifatida işlatiladi. Kelajakda Toyota uylarni quriş, tabiiy ofatlarda jabrlanganlarni qidiriş va fazoni özlaştiriş böyiça yeçimlarni şunday gumanoidlar yordamida hal qilişni rejalaştirişmoqda.

T-HR3 29 noyabr-2 dekabr kunlari Tokioda bölib ötadigan Robotlar xalqaro körgazmasida taqdim etiladi.