31 oktabrda Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk maşinasida odamlarni bosib ketgan, kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipovga terrorçilik va qotillik sodir etiş ayblovlari qöyildi. Bu haqda AQŞ adliya vazirligi ma'lum qildi.

Soipovga umumiy hisobda 8 ta qotillik (hujum qurbonlari soni böyiça), 12 ta qotillik sodir etişga uriniş (jabrlanganlar soni böyiça), IŞID terrorçilik guruhiga kömak beriş va kömak berişga uriniş, zöravonlik va transport vositasiga şikast yetkaziş bandlari böyiça ayblov qöyildi. 22 ta banddan iborat ayblov xulosasini hakamlar hay'ati çiqargan. Endi Soipov öz qilmişlari uçun sud oldida javob beradi. Ayblovning 2 moddasi böyiça Soipovga umrbod qamoq jazosi yoki ölim jazosi berilişi mumkin.

Adliya vazirligi xabarida ta'kidlanişiça, Soipov teraktni sodir etişga uni telefon orqali körgan IŞID videosi “ilhomlantirgan”ini tan olgan. Uning aytişiça, u jinoyatni sodir etişni bir yil avval öylab qöygan, hujumdan 2 oy avval esa “köproq begunoh odamlar jabrlanişi maqsadida” uni yuk maşinasi yordamida amalga oşirişga qaror qilgan. U teraktdan bir haftaça oldin yuk maşinasini ijaraga olib, uni boşqarişni maşq qila boşlagan.

“Soipov yuk maşinasining oldidan va orqasidan IŞID bayroqlarini örnatmoqçi bölgan, biroq öziga e'tibor jalb qilmaslik uçun bu fikridan qaytgan. Soipov yaralangandan keyin yotgan şifoxonadagi palatasida IŞID bayroğini osib qöyişni söragan va “qilgan işidan özini yaxşi his qilayotganini” aytgan”, deyilgan xabarda.

Soipov yuk maşinasida Manxettenning janubi-ğarbida joylaşgan velosipedçilar harakatlanişi uçun möljallangan yölkaga çiqib, yölida uçragan velosipedçilarni bosib, bir neça köça yurib ötgan, söngra maktab avtobusiga urilib töxtagan. Şundan keyin Soipov peyntbol öyini uçun möljallangan töpponça bilan maşinadan tuşib qoça boşlagan. Şu vaqtda u politsiyaçilar tomondan öqqa tutilib, yaralangan va şifoxonaga yetkazilgan.

Hujum oqibatida 8 kişi halok bölgan, 12 kişi jarohat olgan.