Qarşining «Nasaf» klubi muxlislari klubga PFL tartib-intizomi tomonidan belgilangan 100 mln sömlik jarima pulini tölaşda yordamlaşmoqçi. Bu haqda Voha muxlislar sayti xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga köra, muxlislar klub tomonidan jarimaga tortilgan summani ma'lum qismini bölsada, özlari tölab beriş maqsadida xayriya aksiyasi boşlagan.
«PFL» qarori «Nasaf» muxlislarining katta xursandçiligidan keyin, kayfiyatini tuşirib yubordi. Bu albatta açinarli hol. «Nasaf» klubining faol muxlislari tomonidan taşabbus guruhi tuzilib, qarorga sabab bölgan voqea keng muhokama qilinmoqda. Aslida voqea qanday bölgani suriştirilmoqda. Köpçilikning fikriça, birinçi bölib Lobanov tomonidan professional futbolçiga xos bölmagan harakat bölganligi aniq bölmoqda. Ya'ni, voqea sodir bölgan joyda ötirgan muxlislar bu haqda kerakli joyda, kerakli körsatma berişga ham tayyor ekanliklarini bildirişmoqda. Voqea va qabul qilingan qaror yuzasidan ayni paytda, rasmiy taşkilotlarga murojaat tayyorlanmoqda. Ammo afsuski, qaror qabul qilib bölindi. Bu qaror muxlislarning eng yaxşi körgan klubiga nisbatan katta moliyaviy zarar böldi.
Şu munosabat bilan taşabbus guruhi özaro kelişib, klubga jarimani tölaşga yordam uçun, mablağ yiğiş ham boşlab yuborildi va muxlis – Ma'ruf Hazratqulov nomiga bankdan maxsus hisob raqami (plastik kartoçkada) oçişdi.
Plastik kartoçka raqami: 8600 0329 6323 0420
Kimki uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlasa, şu raqamga pul ötkazişi mumkin. «Biz heç qaçon sevimli klubimizni yolğizlatib qöymaymiz!», deyiladi muxlislar bayonotida.

















