Bugun, 21 noyabr oqshomida Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 5-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Beshinchi tur ko‘plab jamoalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, bugun pley-offning navbatdagi ishtirokchilari aniqlanadi, shuningdek, ko‘plab jamoalar turnirdagi ishtirokini to‘xtatishi aniq bo‘ladi.
«Tribuna» bugun 4 guruhda bo‘lib o‘tadigan 8 uchrashuv anonsi bilan tanishtiradi.
«Real» Ispaniya chempionatini deyarli boy berdi, endi navbat YeChLgami?

H guruhi
APOEL – ReAL
Bugun, 21 noyabr. Nikosiya. GSP stadioni. 22.45 (Match! Igra – 00.30).
BORUSSIYa D – TOTTeNHEM
Bugun, 21 noyabr. Dortmund. «Signal Iduna Park». 22.45 (Match! Futbol 1 – 00.30).
«Real» erkin qulashda davom etishi mumkin. Ispaniya chempionatining oxirgi turida «Atletiko» bilan derbida golsiz durang qayd etgan «Qirollik klubi» turnir jadvalida «Barselona»dan ortda qolib ketdi. «Real» shu vaqtgacha yetakchi jamoadan 8 ochkolik farq bilan ortda qolganida hech qachon chempion bo‘la olmagan, 10 ochkolik farq esa vaziyat yanada og‘irligini ko‘rsatmoqda. Ispaniyada hali hech qaysi jamoa buncha farqni yo‘qqa chiqara olmagan. Shu tufayli Zidan asosiy e'tiborini Yevropa Chempionlar ligasiga qaratishi kerak bo‘ladi.
3 hafta muqaddam «Real» 2012 yildan buyon ilk marta YeChLning guruh bosqichida mag‘lub bo‘lgandi, Londonda «Tottenhem»ga qarshi o‘yin 1:3 hisobida yakunlangandi. Oxirgi yillarda dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomini qo‘lga kiritib kelayotgan Krishtianu Ronaldu faqat Chempionlar Ligasida gol urmoqda, Ispaniya chempionatida shu vaqtgacha atigi bitta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan portugaliyalik hujumchida YeChLda urilgan 6 gol mavjud. Jamoaning ikkinchi asosiy hujumchisi Karim Benzema esa na ichki chempionatda, na xalqaro maydonlarda ishonchni oqlamoqda. «Billuroyoq» Garet Beyl esa navbatdagi jarohatiga duchor bo‘lgan, jamoa sardori Serxio Ramos o‘tgan turda burnini sindirib olgan bo‘lsada, Kiprga jamoa bilan uchib keldi va u endi niqob taqqan holda o‘ynashi kutilmoqda.

Kiprliklar jamoasi Dortmundning «Borussiya» klubi bilan ikki bor durang o‘ynadi, ular aytilayotganidek juda kuchsiz jamoa emas. Bugun g‘alaba qozonsa, bu jamoa «Real»ga yaqinlashib oladi va chorak finalni orzu qila boshlaydi. (APOEL 2011-12 yilgi mavsumda guruhdan chiqqandi ham. O‘shanda kiprliklarga bu bosqichda aynan «Real» raqib bo‘lgan).


























