2022 yildan boşlab,​ Cingapurda avtomatik harakatlanuvçi jamoat transport avtobuslarini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda mamlakat Transport vazirligi bayonot bergan.

Iqtisodiyotning köplab tarmoqlarida işçi kuçi yetişmay turgan davlatda yuqori texnologik yeçimlar, jumladan, inson omili qatnaşmaydigan avtomatik harakatlanuvçi maşinalarni işlab çiqariş köp vaqtdan buyon muhokama etiladi.

Ayni paytda orolda 10ga yaqin şu sohaga ixtisoslaşgan kompaniyalar yangi texnologiyani yaratiş ustida boş qotirmoqda.

Ma'lum qilinişiça, haydovçisiz avtobuslar dastlab aholi gavjum bölmagan tumanlarda sinovdan ötkaziladi.

Transport mobil aloqa orqali markaz bilan boğlanişi, ayni paytdagi holat haqida ma'lumot yetkazib berişi mumkin.