Özbekiston Musulmonlar idorasi Ulamolar Kengaşining sun'iy uruğlantiriş böyiça fatvosi çiqadi. 18 noyabr kuni Diniy idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari diniy soha xodimlari iştirokida majlis ötkazgan edi. U huquqbuzarlikka qarşi kuraş borasidagi vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolarni hal etiş masalalari yuzasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti ötkazgan videoselektordagi muhokamalarga bağişlandi. Bu haqda Idora matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qildi. 

Yiğiliş yakunida Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugungi kunda Özbekiston jamiyatida kuzatilayotgan sun'iy uruğlantiriş masalasiga alohida töxtaldi. 

“Diniy idoraning Xotin-qizlar bilan işlaş bölimiga uşbu masala yuzasidan murojaatlar bölmoqda va Fatvo bölimiga ham savollar kelib tuşmoqda. Hatto ayrimlar yetti yot begona insonning uruğidan homilador bölib, qilgan işi joiz emasligini bilgaç, endi nima qilaman, deb boş qotirmoqda. Xöş, sun'iy uruğlantiriş borasida dinimiz ta'limotida nima deyiladi, qanday usuli joiz-u, qaysisi harom? Mömin-musulmonlar ham bu usullardan foydalansa böladimi? Şu kabi savollarga batafsil javob beruvçi, uşbu masalalarga aniqlik kirituvçi barça hukm va körsatmalarni öz içiga olgan fatvo işlab çiqiş va xalqimizga yetkaziş zarur”, - deya ta'kidlagan Muftiy hazratlari. 

Şuningdek, Usmonxon Alimov ayollar va yoş bolalarga zulm qiliş kabi jamiyatimizda uçrab turgan noxuş xolatlar oğir gunoh ekani, şuningdek, Ğarbdan kirib kelayotgan milliy va diniy qadriyatlarimizga mutlaqo töğri kelmaydigan eng jirkanç illatlarga qarşi fatvolar e'lon qiliş orqali kuraşiş muhimligini alohida qayd etib ötdi.