AQŞ va Rossiya prezidenti Donald Tramp hamda Vladimir Putin telefon muloqoti davomida terrorga qarşi kuraş, Suriya, Ukraina va KXDR böyiça hamkorlikni muhokama qilgan. Bu haqda Oq uy xabarida aytiladi.

Oq uy ma'lumotlariga köra, muloqot bir soatdan ortiq davom etgan.

"Prezidentlar Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida 11 noyabr kuni berilgan qöşma bayonotni qöllab-quvvatlaşlarini tasdiqlaşdi. Har ikki prezident BMT Xavfsizlik Kengaşining 2254-son rezolyutsiyasi amalga oşirilişi, BMT şafeligidagi Jyeneva jarayoni qöllab-quvvatlanişi muhimligini ta'kidlab ötişdi. Bu Suriyadagi fuqarolik uruşiga tinç yöl bilan yeçim topişda, gumanitar inqirozga yakun yasaşda, suriyalik qoçqinlarning öz uylariga qaytişlarida, yagona Suriya barqarorligini ta'minlaşda kerak", - deyiladi xabarda.

"Prezidentlar Yaqin Şarq va Markaziy Osiyoda terrorizm bilan birgalikda kuraş olib boriş muhimligini ta'kidlaşdi, şuningdek, IŞID, “Al-Qoida”, “Tolibon” va boşqa terrorçilik taşkilotlari bilan kuraş böyiça bölajak hamkorlik yöllarini örganib çiqişga rozilik berişdi", - deyiladi Oq uy xabarida.

"Prezident Tramp va prezident Putin Ukrainada uzoq muddatli tinçlikka erişişni, Şimoliy Koreyaga xalqaro bosimni davom ettiriş lozimligini ham muhokama qilişgan", - deya xulosa qilişgan Oq uydan.

AQŞ yetakçisi Donald Tramp esa RF prezidenti bilan telefon muloqotini “ajoyib” va “mustahkam” deb atagan.