Fortune naşri 2018 yilda transport sohasida röy berişi mumkin bölgan yangiliklarga doir 5 başoratini e'lon qildi. Naşr bugungi kunda yetişgan yutuqlarimizga qarab, kelgusi yilda yer osti, yer usti va kosmik transportlar bilan nimalar röy berişini taxmin qilib çiqqan.
Pilotsiz boşqariluvçi maşinalar yöllarda buğularni urib yuboradi
Pilotsiz boşqariluvçi avtomobillar iştirokidagi avariyalar onda-sonda uçrab turgani bois, bunday voqealarning har biri butun sayyora böylab tarqalmoqda. 2018 yilda pilotsiz boşqaruv dasturlari sinovlari şu qadar köpayadiki, ularning iştirokidagi baxtsiz hodisalar ham statistik jihatdan oşadi. Ruldagi insonsiz sinov ötkaziş uçun yangidan yangi zonalar vujudga keladi. Bularning barçasi texnologiyalarning rivojlanişiga, şuningdek, qurbonlarga olib keladi. Masalan, sinalayotgan maşina oldiga örmondan buğu yugurib çiqadi.
Hyperloop — geosiyosiy musobaqa quroliga aylanadi
Mamlakatlar bu loyihani amalga oşiriş tezligi böyiça musobaqalaşişga ötadi, lekin hali uni hayotga tatbiq etişga erta. Ğoya Yaqin Şarqda köproq maşhurlikka erişgan. Çöntaklari çuqur mahalliy investorlar unga mahkam yopişib olişgan. Öşandan beri loyihalarni amalga oşiriş böyiça olamşumul muddatlar paydo bölmoqda — ular uçun bu öziga xos qurollaniş poygasi. Fortune’ning hisoblaşiça, şarqiy mamlakatlar uçun loyiha amaliy ahamiyatdan köra, nufuz jihatidan muhimroq. 2018 yil ham buni tasdiqlab beradi. Hyperloop’ning asosiy qismi aynan Hype böladi. Yana u yoki bu joyda Hyperloop’ning yangi tarmoği qurilayotgani haqida yangiliklar taralib turadi. Işlanmalarning özi esa örtaça tezlikda amalga oşa boşlaydi.
Elektromobillar savdosi nihoyat 1 milliondan oşadi
LMC Automotive’ning başorat qilişiça, 2018 yilda elektrokarlarning savdosi joriy yilga nisbatan 70 foizga oşadi. Butun dunyo böylab taxminan 1 millionta avtomobil sotiladi.
Turistlar koinotga parvoz qilişadi
2018 yilda Mask va Brenson koinotga turistik kemalarni uçirişmoqçi. Brenson yaqinda öz kemasida yarim yildan keyin parvoz qilişga tayyor ekanligini aytib ötgan edi. Naşrning yozişiça, kemadagi ilk yölovçilar yulduzlar bölişadi va bu ham trendga öxşaş narsa böladi. Hamma ham Mask va Brensonning kemasida uçib körişni istab qoladi.

















