Almazbek Atamboyev Qirğiziston hududidan nega AQŞ bazasini çiqarib yuborganiga aniqlik kiritdi. Uning aytişiça, «çunki qöşnilar, ikki buyuk davlat xafa qilingan». U bu haqda 22 noyabr kuni davlat mukofotlarini topşiriş marosimida aytib ötdi.
«Agarda men qandaydir işlarni qilgan bölsam, özimga juda kuçli duşmanlar orttirayotganimni yaxşi tuşunganman», - deya aytib ötdi u va Qirğizistondan AQŞ harbiy bazasining çiqarib yuborilişini misol tariqasida keltirgan.
«Heç kim, hatto amerikaliklarning özi ham işonmagandi. Biroq men şunday qarorni qabul qildim, sababi bu yerda bazaning joylaştirilişi Oq uydagilarning vaziyatni «boşqarişiga» olib keldi. Mayli, ular bizga yordam berdi va keyin ham yordam berişardi, biroq biz ikki buyuk qöşni davlat – Rossiya hamda Xitoyni xafa qildik», - deya aytib ötdi Atamboyev.
«Bizda şunday naql bor: «Uzoq qarindoşdan köra, yaqin qöşni yaxşi». Balki bizga «Sem amaki» qarindoş ham emas edi, yordam ham bergandir. Biroq birinçi navbatda qöşnilar bilan döstlaşiş kerak. Ayniqsa, Rossiya va Xitoy kabi buyuk mamlakatlar bilan», - deya ta'kidlab ötgan u.
«Ba'zida esa munosabatlarni sovuqlaştirişga majbur böldim. Islom Karimov meni heç qaçon keçirmasligini tuşunib, xursand bölganman, deb öylamang. Hamda Nursulton Nazarboyev men BMT tribunasida çiqiş qilişga tayyorlanayotganimda, tuni bilan uxlamaganim, nutqimni boşqa vaqtga köçirganimda meni keçirmasligini ham bilardim. Sababi biz mustaqil davlatmiz. Agarda öşanda indamaganimda, BMTda çiqiş qilmaganimda, hozir bu marosimda, ehtimol, qandaydir yugurdak vaziyatni boşqarib ötirgan bölardi», - deya aytib ötdi Atamboyev.

















