Joriy yilning 3-çoragida elektromobillar va elektr tarmoqqa ulanuvçi gibrid avtomobillarning jahon böylab savdosi rekord qiymatlarga yetdi. Bunga köp jihatdan Xitoyda bunday maşinalarga talab kattaligi evaziga erişilgan. Bloomberğning yozişiça, uşbu maşinalar savdosi ötgan yilning şu davriga nisbatan 63 foizga ösgan. Bunday maşinalardan esa körilayotgan davrda 278 mingta sotilgan.
3-çorakda elektromobillar 2-çorakka nisbatan köproq sotilgan. Savdo hajmi 23 foizga ösgan. Barça sotilgan maşinalarning yarmi Xitoy hissasiga töğri kelgan. Sentyabrda Xitoyda 78 mingta gibrid va elektromobil sotilgan. Xitoyliklar 2018 yilda 1 millionta elektromobil işlab çiqarişga va'da berişmoqda.
Prognozlarga köra, joriy yilda sotilgan elektromobillar miqdori nihoyat 1 milliontaga yetişi mumkin. Köplab davlatlarda EV-maşinalar egalari turli imtiyozlar oladilar, işlab çiqaruvçilar esa arzonroq modellarni taklif qilmoqdalar. Bunday vaziyat elektromobillarga şubha bilan qaraydiganlarning ularning tarafdorlari tomonga ötişga undaydi.
Hozirda barça yetakçi avtomobilsozlik kompaniyalari mavjud modellarining elektrlaştirilişi va töliq elektr modellar çiqarilişini e'lon qilganlar. Şunga köra, Opel 2024 yilga kelib faqatgina elektrokarlar va gibridlar işlab çiqaradi. VW esa elektromobillarni rivojlantirişga 40 mlrd. dollar sarmoya ajratadi. Jaguar esa 2020 yilgaça töliq elektr motorlarga ötadi. 2019 yildan Volvo ham faqatgina gibrid va töliq elektr avtomobillar işlab çiqaradi. Buning hisobiga bozor turfalaşadi va bu savdolar ösişiga turtki böladi.
Ehtimol, elektromobillarga ötişdagi asosiy omil oxir-oqibat qonunlar böladi. Hozirdanoq şu ayonki, kelgusida rivojlangan davlatlarda içki yonuv dvigateliga ega maşinalarni xarid qilişning iloji bölmaydi. Misol uçun, Gollandiyada 2030 yilgaça içki yonuv dvigatellar taqiqlanişi rejalaştirmoqda. Xuddi şunday rejalarni Germaniya ham bildirgan.

















