Qohirada 2 kunlik uçraşuvga yiğilgan Falastinning siyosiy harakatlari vakillari 2018 yil oxirigaça Falastinda prezidentlik va parlament saylovlarini ötkazişga kelişib olişdi. Bu haqda uçraşuv yakunlariga bağişlangan bayonotda aytilgan.
“Markaziy saylov komissiyasi va manfaatdor tomonlarga prezidentlik, parlament saylovlarini 2018 yildan keç bölmagan muddatda bir vaqtda ötkaziş uçun barça tayyorgarlik işlarini amalga oşiriş topşirilsin”, deyilgan hujjatda.

Bir qator davlatlar, jumladan AQŞ va Isroil tomondan terrorçilik taşkilotlari qatoriga kiritilgan XAMAS harakati sanksiyalar, taşqi dunyodan yakkalaniş, harbiy ixtiloflar şaroitida Ğazo sektorida 10 yildan beri hokimiyatni boşqarib kelmoqda. XAMASning siyosiy raqibi – FATH harakati esa xalqaro hamjamiyat tomondan qöllab-quvvatlanuvçi Falastin milliy ma'muriyati institutlari orqali Iordan daryosining Ğarbiy sohilini nazorat qiladi.
















