Joriy yilning 15 va 22 noyabr kunlari “Turkiston” san'at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovining çorak finalida ğoliblikni qölga kiritgan jamoalar örtasida yarim final bellaşuvlari bölib ötdi.
Yarim final bellaşuvlarida Toşkent moliya institutining “Moliyaçi”, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining “Tarğibot”, Özbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar”, Nukus davlat pedagogika institutining “Turon”, Qarşi muhandislik iqtisodiyot institutining “Barkamol avlod”, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Özbegim”, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining “Dizayn”, Özbekiston milliy universitetining “Şovvozlar”, Toşkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Termiz davlat universitetining “Surxon yoşlari”, Navoiy davlat konçilik institutining “T.B.T.”, Andijon maşinasozlik institutining “Beklar” jamoalari özaro bellaşdilar.

Qiziqarli va şiddatli ötgan bellaşuvlar natijalariga köra, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining “Tarğibot”, Toşkent moliya institutining “Moliyaçi”, Toşkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Navoiy davlat konçilik institutining “T.B.T.” hamda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining “Dizayn” jamoalari körik-tanlovning final bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdilar.

Körik-tanlovning yakuniy final bellaşuvi joriy yilning 14 dekabr kuni “Istiqlol” san'at saroyida ötkazilişi rejalaştirilgan.

















