Özbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatçilaridan tarkib topgan «Şarq yulduzi» terma jamoasi Moskvada bölib ötgan «Mudofaa vazirining QVZ kubogi» xalqaro festivalida iştirok etib, 2-örinni egalladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, harbiy QVZ öyinidagi ğoliblikni Volsk şahridan bölgan «Maxfiy qurol» ayollar jamoasi qölga kiritdi.

Ikkinçi öringa uç jamoa — Özbekiston Mudofaa vazirligining «Şarq yulduzi» terma jamoasi, Krasnodarning «Top sekret» hamda Penzaning «Penzalik artilleriyaçilar» jamoasi munosib deb topildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uçinçi öringa Dalnevostok oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtining (Rossiya Federatsiyasi) «Ostorojno! DVOKU» jamoasi qölga kiritdi.

Umumiy hisobda QVZ finalida sakkiz jamoa iştirok etdi. Ğoliblarga sovrinni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Şoygu topşirdi.

2 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida faxrli örinni qölga kiritgan hamyurtlarimiz tantanali ravişda kutib olindi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati