Özbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatçilaridan tarkib topgan “Şarq yulduzi” terma jamoasi Rossiyada bölib ötadigan “Mudofaa vazirining QVZ kubogi” xalqaro festivalida iştirok etiş uçun Moskvaga jönab ketadi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Mazkur terma jamoa 2017 yilda Moskvada ötkazilgan “Hamdöstlik QVZ” öyinlarida 3-örinni qölga kiritgan edi. Öşanda birinçi va ikkinçi örinlar mezbon davlat jamoalariga nasib etgandi.
Joriy yilda esa xalqaro festivalda 7 ta jamoa iştirok etadi, şuningdek, Qozoğiston, Armaniston, Ozarbayjon hamda Qirğiziston QVZ jamoalari ham festivalda bellaşiş uçun sörovnoma yuborgan.
Final bahslari 1 dekabr kuni bölib ötadi.
Özbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuçlar kuç tuzilmalari örtasida ötkazilgan musobaqada birinçi örinni qölga kiritgan va Özbekiston QVZ Oliy ligasining finaliga yöllanma olgan. Final şu yilning 25 dekabrida ötkaziladi.

















