Lotin imlosiga ötişda Qozoğiston MDHdagi turkiy tilli davlatlarning eng yaxşi tajribalaridan andoza olişi kerak. Qozoğiston Senati deputati Dinara Nuketayevaning aytişiça, yangi imloni joriy etiş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi lozim. Avvaliga ommaviy axborot vositalarida axborot işlari amalga oşirilişi, söng lotin imlosi nolinçi sinflarda joriy etilişi, adabiyotlar ögirilişi, ta'lim kurslari taşkil etilişi lozim, deb yozadi Kazakh TV.

Dinara Nuketayeva, Qozoğiston Respublikasi parlamenti Senati deputati:

— Bugungi kunda köplab insonlar imloning özgartirilayotganini qöllab-quvvatlaşmoqda, biz tarixiy an'analarimizga qaytmoqdamiz, 1929 yildan 1940 yilgaça lotin imlosi amalda bölganida bizning millatimiz, mamlakatimiz haqida köpçilik bilib olgan. Qozoğiston şimolida pedagoglar yangi ta'lim uslublarini joriy etişga kirişib ketişgan. Öqituvçilarning fikriça, avvalo öquv-uslubiy baza yangilanişi kerak. Komissiya oldida ham ulkan işlar turibdi. Filologlarning fikriça, nafaqat köça nomlari, şuningdek reklama tösiqlari va peştaxtalar ham almaştirilişi lozim. Bu yoş avlodning ham, keksa avlodning ham til islohotiga tezroq könikişiga zamin yaratadi.

Janar Talaspayeva, M.Qöziboyev nomidagi ŞQDU professori:

—Köçalardagi barça nomlanişlar, reklama materiallari hozirdanoq insonlarga lotin imlosida taqdim etilmoği kerak. Şuning uçun bunga har kuni közi tuşgan, öqiydigan insonlar asta-sekin lotinça imloga örganib, könikib borişadi.