Qozoğiston fuqaroligini mustaqillik yillarida bir milliondan ortiq kişi qabul qildi, deb xabar bermoqda Oqörda matbuot xizmati.

Kutilişiça, yaqin vaqt içida yangi farmon imzolanadi, unga köra yana 734 kişi Qozoğiston fuqarosiga aylanadi. Bu insonlarning bari respublikaga yaqin va uzoq xorij davlatlaridan kelgan.

"Mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan beri bir milliondan ortiq inson fuqarolarimiz bölişdi, bu Qozoğiston Nursulton Nazarboyev boşçiligida işonçli ravişda rivojlanib borayotgan davlat sifatida qabul qilinişidan darak beradi", - deya ta'kidlab ötgan QR davlat maslahatçisi Gulşara Abdikalikova.

Qozoğiston prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari böyiça komissiya yiğilişida uşbu mavzu muhokama qilindi. 2017 yilning may oyida bölib ötgan avvalgi uçraşuvda komissiya a'zolari 640 kişiga fuqarolik taqdim etiş masalasini körib çiqqandilar.

Şu bilan birga, Qozoğiston fuqarolikdan mahrum qiliş mumkin bölgan qoidalarni kuçaytirmoqda. Mamlakat qonunçiligiga tegişli özgartiş va qöşimçalar 2017 yildan kuçga kirdi.