Saudiya Arabistonida noyabr oyi boşida hibsga olingan qirollik uyi a'zolari va tadbirkorlar AQŞning xususiy harbiy kompaniyasi xodimlari tomondan qiynoqlarga solinmoqda. Bu haqda Daily Mail naşri ma'lum qildi.
“Ularni kaltaklaşmoqda, qiynaşmoqda, haqoratlaşmoqda. Ularni sindirmoqçilar”, deb ma'lum qilgan qirollikdagi manba naşrga.
Gazeta ma'lumotlariga köra, uşbu harakatlarni AQŞning Academi xususiy kompaniyasi xodimlari amalga oşirişmoqda. “Hibsga olinganlar uşlab turilgan mehmonxona taşqarisida Saudiya maxsus xizmatlarining zirhlangan maşinalarini köriş mumkin, biroq içkarida harbiy kompaniya harakat qilmoqda”, deb ma'lum qilgan manba.
Maqolada nomi tilga olingan kompaniya qiynoqlarga aloqasi yöqligini, bunday harakatlar AQŞ qonunçiligi bilan taqiqlaganini ta'kidlagan. “Biz Saudiya Arabistoni qirolligida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça xizmatlar körsatmaymiz, biz ular bilan aloqaga kirmaganmiz va birorta ham rasmiy şaxs yoki xususiy tomon bilan aloqaga ega emasmiz”, deb aytgan kompaniya vakili.
Bu orada gazetaning ta'kidlaşiça, şahzodalar hibsga olinişiga olib kelgan aksilkorruptsion kampaniya taşabbusçisi bölgan valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonning şaxsan özi söroqlarda iştirok etmoqda. Naşr ma'lumotlariga köra, u hibsga olinganlardan 194 mlrd dollar musodara qilgan.
5 noyabrga ötar keçasi Saudiya Arabistonining korrupsiyaga qarşi kuraşiş oliy qömitasi 11 şahzoda va 30 ga yaqin amaldagi va sobiq vazirlar va tadbirkorlarni korrupsiya ayblovi böyiça hibsga olişga izn bergan. Yangi qömita valiahd şahzoda farmoniga köra taşkil etilgan. Keyinroq hammasi bölib 208 kişi hibsga olinib, söroq qilingani ma'lum qilingan.


















