Toşkentning Olmazor tumanida istiqomat qiluvçi 3 nafar opa-singil noma'lum zaharlaniş sababli hayotdan köz yumgani haqida avval xabar berilgan edi. Munisa, Muxlisa va Mohira 8 noyabr kuni vafot etişgandi. Qizlarning eng kiçigi şifoxonaga borişda tibbiy yordam maşinasida vafot etgan bölsa, qolgan ikki nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutiga olib kelingan, ammo hayotlarini saqlab qolişning imkoni bölmagan. 

Maş'um fojia: Toşkentda bir oilaning uç qizi birin-ketin vafot etdi

Şu kunlarda sud tibbiy ekspertizasining natijalari ma'lum böldi. Unga köra, qizlar dori vositasini notöğri iste'mol qiliş oqibatida halok bölişgan. Bu haqda UzNews.uz sayti ekspertiza bölib ötgan Toşkent yuqumli kasalliklar şifoxonasidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Ma'lum bölişiça, qizlarga parazitlarga qarşi "Vermoks" (keng ta'sir qiluvçi antigelmint vosita) tavsiya qilingan. Biroq dorixonadagi farmatsevt şifokor yozuvini töğri öqiy olmay "Verapamil" nomli dorini berib yuborgan. U yurak uruşi buzilişi va gipertonik inqirozlarda qöllaniladi. 

Dori vositasini uzoq muddat mobaynida iste'mol qiliş oqibatida qizlarda kardiogen şok – miokard qisqariş qobiliyatining pasayişiga olib kelgan. Bunda barça a'zolar va töqimalarni qon bilan ta'minlaş buziladi. Hayotni ta'minlaydigan içki organlarning faoliyatini buzadi.

Eslatib ötamiz, mazkur iş yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi ÖzR JKning 186-moddasi 4-qismi "a" bandi, (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni sotiş, saqlaş yoki sotiş, işlarni bajariş yoxud xizmat körsatiş, inson ölimiga sabab bölsa) bilan jinoiy iş qözğatgan. 

Ayni vaqtda tergov-suriştiruv işlari davom etmoqda.

Boş prokuratura uç opa-singil ölimi böyiça rasmiy ma'lumot berdi (video)

3 opa-singil ölimi böyiça qaysi moddaga asosan jinoyat işi qözğatildi?