Uy doimo issiq bölişi uçun qanday isitgiç xarid qiliş kerak?
|04:48 / 23.11.201778 5059 min
Foto: LayfxakerFoto: Layfxaker
Qişning sovuq va izğirinli kunlari yaqinlaşmoqda. Hamma ham öz xonadoni bunday kunlarda issiqqina bölişini istaydi, albatta. Kvartirasi, dala-hovlisi hattoki uyining hovlisi issiq va yoqimli bölişini istovçilar uçun Layfxaker batafsil yöriqnoma işlab çiqdi.
Isitgiçlarning maşhur turlari
Har qanday isitiş qurilmasining öz afzalliklari va illati böladi. Quyida ularning hammasi bilan tanişib çiqib, ehtiyojlaringizga qay biri köproq mos kelişini bilib olasiz.
1. Moyli isitgiçlar
Foto: Layfxaker
Polaris PRE J 0920 moyli isitgiç
Bunday isitgiçlar içida mineral moy böladi va u spiral yordamida qizdirilib, korpusga issiq tarqatadi. Bunday qurilma teng taqsimlangan seksiyalardan iborat bölib, kvartiradagi isitiş batareyalarini eslatib yuboradi.
Quvvati teng bölgan ikki moyli isitgiçdan seksiyalari kamroq bölgani kuçliroq isitadi. Şuning uçun tösatdan kuyib qolişdan saqlaniş uçun seksiyalari köproq bölganini xarid qilgan ma'qul.
Plyuslari. Moyli isitgiçlar şovqinsiz işlaydi, tokdan uzilgaç ham uzoq vaqt issiqlikni saqlab turadi va ekologik toza buyum hisoblanadi.
Minuslari. Korpusi qattiq qizişi tufayli yoş gödaklar uçun xavfli hisoblanadi. Bundan taşqari, ular xonani juda sekinlik bilan qizdiradi va köp elektr toki sarflaydi.
2. Konvektorlar
Foto: Layfxaker
Electrolux Brilliant ECHB-2000 E konvektori
Konvektorlar seksiyasiz batareyalarga öxşaydi. Bunday turdagi isitgiçlar pastki tuynugidan sovuq havoni qabul qilib olib, uni isitib beradi. Natijada havo yengillaşadi va uning özi qurilmaning yuqorisidagi tuynukdan çiqib ketadi. Şu yöl bilan xona içida havoning tabiiy sirkulyatsiyasi röy beradi.
Mavzuga oid
Plyuslari. Konvektorlar ham şovqinsiz. Ular u qadar qattiq qizimaydi, binobarin, yoş bolalar uçun zararsiz. Bunday apparatlardan dala-hovlilarni isitişda köproq foydalaniladi: ularni yagona isitiş tarmoğiga osongina ulaş mumkin.
Minuslari. Isitiş jarayoni juda sekin boşlanadi, işining samaradorligi esa uning joylaşuviga boğliq — qançalik pastda bölsa şunçalik yaxşi.
3. Issiqlik parraklari
Foto: Layfxaker
VITEK VT-1750 BK issiqlik paragi
Bunday isitgiçlar parraklar aylanişi vositasida issiq havo taratadi. Ularning korpusi köpinça avtomatik buriliş mexanizmi bilan ta'minlanadi: atrofni bir tekis isitişi uçun.
Plyuslari. Issiqlik parraklari xonani isitiş tezligi böyiça yetakçi. Ular nisbatan kam energiya iste'mol qiladi, şakli va ölçamlari turliça ekanligi bilan har qanday intererga mosini tanlab olsa böladi.
Minuslari. Issiqlik parraklarining boş kamçiligi uning şovqinidir. Agar issiqliq spiraliga çang, gard yoki haşorat qönsa yoqimsiz kuyik hidi ham taraladi.
4. Infraqizil isitgiçlar
Foto: Layfxaker
Ballu BIH-L-3 infraqizil isitgiçi
Bunday turdagi apparatlar zararsiz infraqizil nurlanişdan foydalanadi. Şu sababli ular quyoş singari havoni emas, nur yölida paydo bölgan obektlar: mebel, devor, pol va insonlarni qizdiradi. Infraqizil isitgiçlarning ba'zilari elektr energiyasiga muhtoj emas va gazda işlaydi.
Plyuslari. Bunday qurilmalar şovqinsiz işlaydi va nafaqat xonalar, şuningdek, hovli, harrakli ayvon va boşqa oçiq maydonlarni isitişda ham qöl keladi. Bundan taşqari, infraqizil isitgiçlar eng iqtisodlisi hisoblanadi. Ayniqsa, gazda işlaydiganlari (gaz balloni emas, magistral gaz quvuriga ulanganlari).
Minuslari. Bu qurilmadan xonalari köp bölgan katta maydonlarni istişda foydalanib bölmaydi. Infraqizil nurlar yetib bormaydigan joylar sovuqligiça qolaveradi.
5. Elektr kaminlar
Foto: Layfxaker
Scarlett SC-2055 elektr kamini
Elektr kamin — özi alohida yoki mebelga qöşib örnatiladigan blok bölib, an'anaviy kamin dizayniga ega böladi. Maxsus yoritkiç yoki boşqa texnologiyalar yordamida yonayotgan olovning imitatsiyasini hosil qiliş ham mumkin.
Plyuslari. Elektr kamin — birinçi navbatda dekoratsiyaning stilli elementidir. Siz kamindan hosil böladigan şinamlikka ega bölasiz, biroq ötin, kömir va tutun kabi ortiqça işlardan xalos bölasiz.
Minuslari. Bunday qurilmalar juda yomon isitadi. Şu sababli juda qattiq havoda unga işonib bölmaydi.
6.Issiqlik pardalari
Foto: Layfxaker
Tropik M-3 issiqlik pardasi
Bunday isitgiçlar alohida ahamiyatga ega. Issiqlik pardalari nafaqat xonani isitadi, şuningdek, u yerdagi haroratni bir maromda uşlab turadi. Eşik va derazalar ustiga mahkamlangan qurilmalar pastga yönaltirilgan havo oqimlarini paydo qiladi. Bunday körinmas tösiqlar xona va köça örtasidagi issiqlik almaşinuviga xalaqit beradi.
Issiqlik pardalarini tanlay turib, ularning ölçamiga e'tibor qarating. Qurilmaning eni deraza yoki eşikning enidan kam bölmasligi kerak. Aks holda havo tösiğining maydoni yetarli bölmay qolişi mumkin.
Plyuslari. Issiqlik pardalari xonadagi haroratni yilning istalgan faslida saqlab turadi va hattoki xonaga haşoratlar kirişiga yöl qöymaydi.
Minuslari. Bu qurilmalar aslida xonani isitmaydi, şunçaki mavjud haroratni bir maromda uşlab turadi.
Isitiş maydoni
Xarid avvalida isitgiçning quvvati xonangiz ölçamlariga mos kelişiga amin böling. Buning uçun apparat ta'minlab beradigan isitiş maydoni hajmiga e'tibor qarating. Yaxşisi, möljaldan ortiqroq yuzani qoplaydiganini xarid qiling. Biroq orttirilgan quvvat sizga qimmatroqqa tuşişi mumkin.
Siz özingiz ham qaysi körsatkiç siz uçun optimal ekanligini aniqlaşingiz mumkin.
Hisoblanişiça, bir kvadrat metr yuzani isitiş uçun pribordan kamida 100 Vatt quvvat talab etiladi.
Agar isitgiçdan qöşimça isitiş vositasi sifatida foydalanmoqçi bölsangiz, kvadrat metrga 60–80 Vt ham yetarli böladi.
Boşqariş turlari
Mexanik boşqariluvçi isitgiçlarni faqat quvvati va isitiş haroratiga qarab tanlaş mumkin. Elektron boşqariluvçi modellar qimmatroq, biroq köproq sozlamalar va turli iş rejimlarini taklif etadi. Bundan taşqari, ularda displey mavjud bölib, harorat va boşqa körsatkiçlar körinib turadi, ularni pult yordamida masofadan turib boşqariş mumkin.
Qöşimça imkoniyatlar
Isitgiç tanlay turib, qöşimça funksiyalar va xarakteristikalarni ham unutmaslik kerak. Ulardan ba'zilari sizning tanlovingizda muhim ahamiyat kasb etişi mumkin.
Masalan, siz vanna yoki sauna uçun isitgiç xarid qilmoqçi bölsangiz, u namlikka çidamli ekanligiga e'tibor qarating. Isitgiç siz örnatgan haroratni qat'iy ta'minlab turişi uçun termostatli model tanlang. Sizni qiziqtirişi mumkin bölgan boşqa foydali imkoniyatlar orasida taymer, harorat oşganda yoki tuşganda avtomatik öçirib-yoqiş, havoni namlantiriş va boşqalar bölişi mumkin.
Ölçamlari va mahkamlanişi
Isitgiç qulay va xonadagi şaroitlarga ideal mos kelişi uçun uning ölçamlari va montaj qiliş usullariga e'tibor qarating. Masalan, ayrim apparatlar devor yoki şiftga qotiriş imkonini beruvçi matohlari bilan sotilsa, boşqalari stolga qöyiş uçun qulay, uçinçisi esa pol böylab siljitiş uçun ğildirakçalarga ega. Turli şaroitlar uçun birdek moslanganlari ham bor.
Xaridorning çek röyxati
Xonalarni tölaqonli isitiş uçun issiqlik parraklari, moyli isitgiçlar yoki konvektorlar xarid qiling. Dastlabkisi — şovqin asabiga tegmaydiganlar uçun yaxşi variant. Agar şovqinga çidaşning iloji bölmasa va xonaga yoş bolalar kirmasa, moyli isitgiç xarid qiling. Agar bexosdan kuyişdan qörqsangiz yoki dala-hovlini isitişni möljallayotgan bölsangiz — konvektor oling.
Köp energiya sarflamasdan, ma'lum bir joy, aytaylik, iş joyi, vanna, garaj yoki suhbatlaşiş uçun harrakli joyni isitişni istasangiz infraqizil isitgiç oling. Eng yaxşisi gaz ballonçalisi böladi.
Agar sizga issiqlikdan ham köra estetika birlamçi bölsa, elektr kaminlarga e'tibor qarating.
Agar isitiş tizimingiz paydo qilgan issiqlikni bir maromda uşlab turişni istasangiz, issiqlik pardalari sotib oling.
Isitiliş maydoni xonangiz yuzasiga mos kelişini albatta soliştirib, tekişirib köring.
Agar qulaylikni qadrlasangiz elektron boşqariluvçi apparat xarid qiling.
Isitgiçning qöşimça funksiyalar röyxati, ölçamlari va uni mahkamlaş uslublariga ham e'tibor bering.