Özbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 21 noyabr kuni «Mard öğlon» davlat mukofotini ta'sis etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşining «Mard öğlon» davlat mukofotini Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining 2 nafardan vakillariga har yili «Yoşlar kuni» arafasida topşiriş haqidagi taklifi ma'qullandi.

Belgilab qöyilişiça: 

«Mard öğlon» davlat mukofoti öqişdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoşlariga örnak bölib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san'at, sport, işlab çiqariş, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qiliş organlaridagi faoliyatida erişgan alohida yutuqlari uçun beriladi;

«Mard öğlon» davlat mukofotiga talabgorlar Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika böyiça Komissiya tomonidan körib çiqiladi. Uning natijalariga köra Komissiya tomonidan Özbekiston Respublikasi prezidentiga takliflar kiritiladi;

«Mard öğlon» davlat mukofoti bilan taqdirlaş Özbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan amalga oşiriladi;

«Mard öğlon» davlat mukofoti eng kam oylik iş haqining 50 baravari miqdorida belgilanadi;

«Mard öğlon» davlat mukofoti sohiblari bölgan umumta'lim va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining öquvçilari oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqiçiga, oliy öquv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoşlar esa magistratura bosqiçiga tegişli yönaliş böyiça kiriş imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

«Mard öğlon» davlat mukofoti töğrisidagi nizomga köra, Davlat mukofoti öqişdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoşlariga örnak bölib kelayotgan 14 yoşga tölgan va 30 yoşdan oşmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san'at, sport, işlab çiqariş, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qiliş organlaridagi faoliyatida erişgan alohida yutuqlari uçun beriladi.