Joriy yilning 10 oylik davrida «Özbekenergo» AJ tomonidan 44,9 milliard kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan bölib, şundan 39,9 milliard qismi iste'mol uçun hududlarga yetkazib berilgan. Bu haqda jamiyat boşqaruv raisi örinbosari Röziqul Rayimov KUN.UZ muxbiriga ma'lum qildi.

Uning aytişiça, işlab çiqarilgan energiyaning eng katta qismi Navoiy viloyatiga yönaltirilmoqda.

«Navoiy viloyatida joylaşgan «Navoiy toğ kon metallurgiya kombinati», Navoiy sement zavodi hamda kimyo sanoatiga oid işlab çiqariş korxonalari köp elektr energiya sarfini talab qiladi. Respublika böylab işlab çiqarilgan energiyaning bor-yöği 26 foizigina aholi iste'moli uçun yetkaziladi», – dedi u.

Şunday vaziyatlarda energiyadan samarali foydalanişni yölga qöyiş maqsadida «Özbekenergo» AJ 2018 yil 1 yanvardan boşlab hisoblaşning yangi tariflaş setkasini e'lon qilmoqda.

«Bizning maqsadimiz elektr energiyasini işlab çiqarişni yanada oşiriş emas, balki mavjud resurslardan samarali foydalanişdir. Şunday qilib, biz yangi hisoblaş tarifikatsiyasini işlab çiqdik. Unga köra, ertalab va oqşomda energiyadan foydalangan sanoat va işlab çiqariş korxonasi belgilangan narxdan 1,5 baravar qimmatroq tölovni bajaradi. Aksinça, keçqurun, energiyaga ehtiyoj pasaygan paytda iş faoliyatini yölga qöygan korxona esa belgilangan narxdan 1,5 baravar arzon tölaydi», – deb xabar beradi Röziqul Rayimov.

Ma'lum qilinişiça, birgina korxona energiyaga bölgan ehtiyojini 500 megavatt soatga kamaytirsa, 4ta tumanda istiqomat qilayotgan aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş mumkin.

«Özbekenergo» AJ rahbariyati ana şunday tarzda sarflangan energiyani narxlaş va aholiga nisbatan kelgusida tatbiq etilişi rejaga kiritilganini ta'kidlab ötdi.