Turkiya bugungi kunda Suriya hukumati bilan aloqada emas, biroq siyosiy munosabatlar uçun oçiqligiça qolmoqda. Juma kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Soçidagi sammitdan qaytib, jurnalistlar oldida şunday bayonot bilan çiqdi. Habertürk telekanali şu haqida xabar berdi.
"Ertaga nima bölmasin, barçasi şart-şaroitlarga boğliq, - dedi u jurnalistlarning Anqara va Damaşq örtasida aloqa örnatiş imkoni haqidagi savollariga javob berar ekan. - Siyosatning eşiklari oxirigaça oçiq qoladi".
Turk prezidentining ta'kidlaşiça, hozirça Damaşq bilan qandaydir bir aloqalar örnatiş közda tutilmagan.
22 noyabr kuni Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Soçida uçraşib, Suriyadagi terrorizmga qarşi birgalikdagi kuraş masalalari böyiça muzokaralar ötkazişdi. Keyingi qadam Soçida Suriya masalasi böyiça Milliy Kongressning ötkazilişi bölişi kerak. Uning sanasi haqida hozirça ma'lumot berilmagan.

















