Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va keçki (smenali) ta'limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarorni çiqardi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy ta'lim muassasasida keçki (smenali) ta'limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Vazirliklar va idoralar özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştiradilar.
Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, oliy ta'lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta'lim Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq taşkil etiladi.
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta'lim quyidagi şakllarda olib boriladi: sirtqi şakl, maxsus sirtqi şakl, ikkinçi va undan keyingi oliy ma'lumot berişning sirtqi
şakli.
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta'limga talabalarni qabul qiliş:
sirtqi şaklda - umumiy örta (10-11-sinflar negizida), örta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti töğrisidagi tegişli hujjatga ega bölgan va test sinovlaridan (kiriş imtihonlaridan) muvaffaqiyatli ötgan;
maxsus sirtqi şaklda - faqat tegişli yoki turdoş ta'lim yönalişi böyiça örta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga va ta'lim yönalişiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uç yillik amaliy iş stajiga (pedagogika yönalişlari uçun pedagogik stajga) ega bölgan, tegişli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kiriş imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli ötgan;
ikkinçi va undan keyingi oliy ma'lumot berişning sirtqi şaklda - oliy ma'lumotga ega bölgan (agar xorijiy oliy ta'lim muassasasini tugatgan bölsa, oliy ma'lumot töğrisidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilişgan) bölişi kerak) va test sinovlaridan (kiriş imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli ötgan abituriyentlar hisobidan amalga oşiriladi.
















