Issiq va qurğoqçil iqlimga ega bölgan Saudiya Arabistonida joriy qiş noodatiy sovuq kelişi kutilmoqda. Mahalliy ob-havo mutaxassislarining ta'kidlaşlariça, havo harorati -5 gradus sovuqqaça tuşib ketişi mumkin. 

“Qirollik hududida qişda havo harorati -5 gradus sovuqqaça tuşib ketişi mumkin. Eng sovuq havo Saudiya Arabistoni şimolida böladi”, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistoni meteorologik xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Joriy haftada qirollikda kuçli yomğirlar yoğişni boşladi: dastlab yomğir mamlakatning ğarbida, 23 noyabrdan esa markaziy qismidagi Ar-Riyodda yoğişni boşlagan. Hafta boşidan şunçalik köp miqdorda yomğir yoğganki, qirollikning yirikligi böyiça ikkinçi şahri – Jiddada barça asosiy trassalar va tunnellar suv ostida qolgan. 

Ötgan yil qişida Arabiston yarimoroli davlatlari bu joylar uçun noodatiy tabiiy hodisa – qorning yoğişi guvohi bölgandilar. Ötgan qişda qor Saudiya Arabistonining şimolidagi ba'zi hududlar, Ummon sultonligi va BAAda kuzatilgan.