Ayolni ona, millat tarbiyaçisi, deya e'zozlaymiz. Haqiqatan şunday. Onalar bor ekan, xonadonlar obod, farzandlar xuşnud. Lekin ayol zimmasidagi mas'uliyatni unutsa, duç kelgan oqimda suzsa, adaşsa, buning oqibati nima böladi? 

ÖzA’ning yozişiça, öttiz yoşni qarşilayotgan ayol baxtli hayot keçirsa, farzandlarining kelajagi haqida qayğursa bölardi. Lekin u köp vaqtini "virtual olam"da ötkazardi. Şunday kunlarning birida internet orqali bir odam bilan tanişib qoladi. Uning din haqidagi çiroyli gaplariga mahliyo bölib asta-sekin uning olamiga çuqur kirib borayotganini özi sezmay ham qoladi. 

U zimdan olayotgan ta'lim "Hizbut-tahrir" diniy ekstremistik oqimi ğoyalarini tarğib qiluvçi "Islom nizomi" edi. Oradan ança vaqt ötib ayolga "endi oqimimizga a'zolik haqida qasam içişing va maslakdoşlarimizni köpaytiriş uçun harakat qilişing kerak" mazmunida buyruq keladi. Ongi zaharlangan, oqimning ta'siriga butkul tuşgan ayol buni sözsiz bajaradi. 

Öylanib qolasan, islom dini rivojlangan, e'tiqod erkinligi ta'minlangan, diniy ta'limot oliş uçun qonuniy manbalar bisyor yurtda nega ayrim odamlar şunday yöl tutmoqda? 

Ayol içgan qasamini bajariş uçun diniy aqidaparastlik ğoyalar bilan yöğrilgan «Musulmonlarning islom tuzumini tatbiq qiliş oldidagi mas'uliyatlari» deb boşlanuvçi 14 dona varaqa solingan konvertni olib yölga tuşdi. Yaxşiyamki u maqsadini asl din qaror topgan masjidda amalga oşirmoqçi böldi. Gulbozor mahallasida joylaşgan jome' masjidga namozga yiğilganlar ayol kötarib kelgan konvertni darrov imomga yetkazişdi. 

Konvertni oçgan imom hammasini tuşundi. Bu haqda tegişli organlarga xabar berdi. Içki işlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida uşbu qilmişni sodir etgan şaxs "Markaz-26" dahasidagi köp qavatli uylardan birida doimiy röyxatda turgan U.Uzoqova bölib çiqdi. 2017 yil 22 noyabr kuni u qölga olindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda. 

– Umida mahallamizga kelin bölib tuşgan, – deydi mahalla raisi Dilfuza Amirbekova. – Lekin hozir turmuş örtoği va uç farzandi bilan boşqa joyga köçib ketgan. Mahallamizda doimiy röyxatda turgani uçun qayerda, qanday yaşayotganini suriştirib turardim. Biroq, bu oila turli joylarda ijaraga yaşab, manzilini tez-tez özgartirgan. Bu yerda yaşaganida u birorta nojöya iş qilmagandi. Qonuniy röyxatda turgan joyida yaşamay, turli muhitlarga tuşgani ham uning adaşişiga sabab bölgan.