Germaniyada neonatsistlarning «Uçinçi yöl» partiyasiga qarşi keng kölamli reydlar çoğida 17 yoşdan 21 yoşgaça bölgan töqqiz kişi qölga olindi. Ular Berlinda siyosiy sabablarga köra odamlarga hujum uyuştirganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi 18 iyul, payşanba kuni poytaxt politsiyasi va prokuraturasi. 

Berlindagi Ostkroyts stansiyasida niqobli, dubinkali şaxslar odamlarga hujum qilgan

Uşlanganlar, xususan, Berlindagi Ostkroyts temiryöl stansiyasida odamlarga hujum qilişda ayblanmoqda: 6 iyul kuni 10-15 nafar kişidan iborat niqobli guruh beş kişiga hujum qilgan. Hujumçilarning ba’zilari dubinkalar va kastetlar bilan qurollangan edi. Hujum 15, 32 va 39 yoşli fuqarolarga qarşi qaratilgan - Die Welt gazetasining yozişiça, ular Ostkroyts stansiyasiga öng ekstremizmga qarşi namoyişga birga boriş maqsadida kelişgan.

Niqobli şaxslar voqea joyiga yetib kelgan ikki politsiyaçiga ham hujum qilgan. Hujumga uçraganlarning ba’zilari jarohatlangan va davolanişga muhtoj. Gumonlanuvçilar dastlab qoçişga muvaffaq bölgan, biroq keyinroq şaxsi aniqlangan. 

Prenslauer-Berg tumanidagi talonçilik 

Bundan taşqari, qölga olinganlar yanvar oyida Berlinning Prenslauer-Berg tumanida sodir bölgan talonçilikka aloqadorlikda ayblanmoqda: bir neça şaxslar 20 yoşli yigitga hujum qilgan. Jabrlanuvçining yuzi va oyoqlariga urilgan, narsalari olib ketilgan. Hujum siyosiy sabablarga köra amalga oşirilgani aytilmoqda. 

Reydlar davomida qurol-yaroğ va tarğibot materiallari musodara qilindi

18 iyul kuni nafaqat Germaniya poytaxti, balki Brandenburg va Saksoniya federal yerlarida ham bölib ötgan reydlarda 130 nafar politsiyaçi iştirok etdi. Önta joyda tintuv ötkazilib, ular davomida gazli töpponçalar, zarba beruvçi qurollar, şovqinli töpponçalar, şuningdek, tarğibot materiallari, mobil qurilmalar va raqamli axborot vositalari musodara etilgan, deb xabar berdi politsiya va prokuratura.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, qölga olinganlarning barçasi «Uçinçi yöl» yoşlar qanoti – «Milliy inqilobçi yoşlar» (NRJ) deb ataluvçi taşkilotga mansub bölgan. Poytaxtning konstitutsiyani himoya qiliş boşqarmasi «Uçinçi yöl»ni Berlinda neonatsistlar mafkurasiga oçiqdan-oçiq amal qiladigan va qoçqinlarga qarşi bölgan eng faol öng ekstremistik guruhlardan biri deb ataydi.