2017 yilning 28-29 noyabr kunlari ÖEOAVMAning MEDIA HALL'ida “Özbekiston madaniy merosi” multimedia loyihasi doirasida  “Zamonlar çorrahasi: ötmişning buyuk merosi – ma'rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi bölib ötadi.

Forumda 100 dan ortiq xorijlik olim, ekspert, diplomat, şuningdek ilm-fan, mahalliy va xorijlik OAV vakillari iştirok etişadi. Iştirokçilar orasida Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Belgiya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Çexiya, AQŞ, Turkiya, Gretsiya, Ozarboyjondan kelgan taniqli olimlar, muzey va ilmiy-tadqiqot institutining vakillari, ilmiy jurnal muharrirlari,  YuNeSKO va ICOMOS (Me'moriy yodgorlik hamda ahamiyatga molik joylarni saqlaş xalqaro kengaşi) taşkilotining a'zolari va Özbekistonning boy madaniy-tarixiy merosiga bağişlangan köp sonli kitob, naşrlar mualliflari bor. 

Forum doirasida Özbekiston hududidan topilgan va dunyoning turli mamlakatlari muzeylarida saqlanayotgan noyob moddiy hamda madaniy meros obektlariga bağişlangan ma'ruzalar tinglanadi.