2017 yilning 28-29 noyabr kunlari Toşkent şahrida “Özbekiston madaniy merosi” multimedia loyihasi doirasida “Zamonlar çorrahasi: ötmişning buyuk merosi – ma'rifatli kelajak poydevori” mavzuidagi Xalqaro media-forum ötkazilmoqda.
Tadbirga dunyo ilm-fanining yetuk namoyondalari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va xalqaro taşkilotlar rahbarlari hamda mahalliy olim va ekspertlar taşrif buyurgan. Tadbirda iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining qayd etişiça, forumda “Özbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida çop etilgan navbatdagi beşta kitob-albomning taqdimoti hamda 49 ta davlatning 136 ta muzey va kutubxonalariga ularni tantanali topşiriş marosimi bölib ötmoqda.

Badarş Dendev, UNESCO’ning Özbekistondagi vakili:
“Öylaşimça, bugungi Özbekistonning tarixiy va madaniy merosini saqlab qoliş va uni dunyo miqyosida keng tarğib etişga yönaltirilgan media-forum nafaqat olimlar, xalqaro taşkilotlar uçun, balki yoş avlod uçun ham muhim ahamiyat kasb etadi”.

Gyunter Overfeld, Germaniyaning Özbekistondagi elçisi:
“Tadbir juda ajoyib va mazmunli ötmoqda. Bugun ikki holatga guvoh böldim: Birinçisi, Özbekiston madaniy tarixini saqlab qolgan holda buni kelgusi avlodga yetkazişdagi sa'y-harakatlar, ikkinçisi esa, mana harakatlarni hamjihatlikda olib borib, buni jahonga yetkazişda dunyo tomonidan Özbekistonning boy madaniy merosiga bölgan katta qiziqişidir”.

Myuşa Sever, Özbekistondagi "Mintaqaviy muloqot" (Regional Dialogue) NNT rahbari:
“Bir söz bilan aytganda, Özbekistonning qadimiy qölyozmalari taqdimoti juda muhtaşam, qiziqarli tadbirga aylandi. Özbekiston Islom sivilizatsiyasi markazini oçganidan, oçiği juda ham xursand böldim. Men bu borada Özbekistonning noyob salohiyati borligiga doim işonganman. Özbekiston nafaqat biz odatda, kuzatib borayotgan yönalişlar – huquq, jamoatçilik bilan aloqlar, ijtimoiy, iqtisodiy sohani rivojlantirişga, balki buyuk allomalarning nodir durdonalari, tarixiy yodgorliklarni ham asrab-avaylagan holda yoşlarga, jahonga namoyiş etişga intilayotgani tahsinga sazovor. Bu yerda olimlar, tadqiqotçilar, yoşi uluğ, tajribali insonlarning iştirok etişi ham muhim rol öynaydi”.

























