Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan yaqin kunlarda Gretsiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda Turkiya boş vaziri örinbosari Hakan Çovuşöğluga iqtibos keltirgan holda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.      

“Prezidentimiz oxirgi 65 yil içida Gretsiyaga taşrif buyuradigan ilk Turkiya prezidenti böladi. Öylaşimça, bu taşrif sezilarli natijalar beradi”, deb aytdi Çovuşöğlu. 

Ta'kidlanişiça, taşrif sanasi keyinroq aniqlaştirilib, ma'lum qilinadi.

Oxirgi marta Turkiya prezidentlaridan Mahmud Jalol Bayor 1952 yilda Gretsiyaga taşrif buyurgan.

Gretsiya va Turkiya örtasidagi munosabatlar azaldan yaxşi bölmagan. 20-asr boşida ikki davlat 3 marta özaro uruş olib borgan – 1912 yil Birinçi Bolqon uruşi vaqtida, 1914-1918 yillarda Birinçi jahon uruşi vaqtida va 1920-1922 yillarda grek-turk uruşi. 

Afina va Anqara tinçlik sulhini imzolagandan keyin milliy ozçiliklar muammosini hal qilişga muvaffaq bölganlar: 1922 yildan 1924 yilgaça Turkiyadan Gretsiyaga 1,3 mln grek, Gretsiyadan Turkiyaga 350 ming turk deportatsiya qilingan.

1974 yilda Kipr oroli atrofidagi bahs – grek-kipriotlar va turk-kipriotlar örtasidagi mojaro sababli ikki davlat örtasida yana qarama-qarşilik vujudga kelgan. Öşanda Afinada hukmronlik qilgan “qora polkovniklar” Kiprning Gretsiyaga qöşib olişini e'lon qilişgan. Bunga javoban Anqara Kiprning turk aholisini himoyalaş vaji bilan orolning şimoliy qismiga qöşin olib kirgan. Keyinroq u yerda Şimoliy Kipr turk respublikasi taşkil etilgan. Bu respublikani dunyoda faqat Turkiyaning özigina tan oladi.

1987 yilda Gretsiya va Turkiya Egey dengizida neftga boy şelf sababli yana nizoga borgan. Öşanda ğarb davlatlari vositaçiligida ixtilofning oldi olingan. Natijada ikkala davlat ham şelfni burğilaşdan voz keçgan.